Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Psilofitsimonlar bo‘limi — Psilophytophyta



Yüklə 113,33 Kb.
səhifə4/11
tarix05.12.2022
ölçüsü113,33 Kb.
#72437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Word (3)

Psilofitsimonlar bo‘limi — Psilophytophyta
Psilofitsimonlar faqat qazilma holda uchraydigan o‘simliklardir. Birinchi bor bu o‘simliklar quyi devon qatlamlarida D. Duson tomonidan 1859 yilda Kanadada topilgan. Lekin filogenetik sistemada bu o‘simlik oradan 50 yildan ortiqroq vaqt o‘tgach, 1917 yilda Shotlandiyaning devon qatlamlarida R. Kidston va U. Lang tomonidan qayta topilgandan so‘ng o‘z o‘rnini topdi. Har ikkala holda ham o‘simlikni sporofit nasli topilganligi kuzatiladi. Sporofitning vegetativ tanasi dixotomik shoxlangan, poyaga o‘xshash, ildizsiz, bargsiz tallomli organlardan iborat. Bu bo‘limning sodda tuzilishli vakillarining yer osti organlari bir hujayrali rizoidlar, uncha-muncha taraqqiy etgan vakillarining yer osti organlari vazifasini esa tallomning shoxlangan yer osti qismi – ildiz poya bajargan. Bularda barg umuman bo‘lmagan, lekin yuksak taraqqiy etgan vakillarida barg vazifasini bajaradigan qipiqsimon o‘simtalar – fillodiylar bo‘lgan. Vegetativ tanasining ichki tuzilishi juda sodda bo‘lib, tananing eng ust qismida bir qavat hujayra dan iborat epidermis, uning ich tomonida ko‘p qavatli po‘st joylashgan. Poyaning markazida boshlang‘ich o‘zak tsilindr – prostotel joylashgan. U o‘z navbatida floema va ksilemadan tashkil topgan. O‘simlikda ikkilamchi yo‘g‘onlashish kuzatilmaydi. Tallomning uchida bir hujayrali, cho‘ziq, bir xonali sporangiy joylashgan. Sporangiyning devori ko‘p qavatli bo‘lib, uning ichida arxisporial to‘qimalalr taraqqiy etgan. Arxisporial to‘qimalardan to‘rttadan spora – tetrada vujudga kelgan. Psilofitsimonlarning gametofiti aniqlanmagan. Ularning bitta qabilaga mansub, 5 oila, 20 ga yaqin turkumi ma’lum. Shulardan barqaror aniq vakillari riniya, xorneya, psilofiton va asteroksilon hisoblanadi. Bo‘limning riniya (Rhynia major), xorneya (Hornea), psilofiton (Psilophyton), asteroksilon (Asteroxilon) singari vakillari qazilma holda uchraydi.
Psilotsimonlar bo‘limi — Psilophyta
Bu bo‘limga monotip psilotsimonlar (Psilotopsida) ajdodi bilan monotip psilotlar (Psilotalesa) qabilasi mansub. Shu qabilaga mansub psilotdoshlar (Psilotaceae) oilasiga hozirgi paytda tarqalgan psilot (Psilotum) va tmezipteris (Tmesipteris) turkum vakillari taalluqli. Bular quruqlikda tarqalgan o‘simliklar, ildizi yo‘q, uning o‘rniga uzunligi 1 m keladigan rizomoidlari mavjud. Poyasi tik o‘sadi, balandligi 1 m ga yaqin, uchidan uch tomonlama bo‘linuvchi initsial hujayra o‘sadi. Har ikkala turkumga mansub o‘simliklarning ham ichki tuzilishi bir xil emas. Psilotning ust tomonida og‘izcha va kutikulali epidermis, uning ostida uch qavat po‘st, uning ichki qismida endoderma va markazida shotisimon traxeidlardan iborat o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan. Tmezipteris yer ustki poyasining markazida sifonostel deb ataladigan o‘zakning bo‘lishi va lub qatlamining ancha taraqqiy etganligi bilan farq qiladi. Psilotning bargi rangsiz qipiqsimon, fotosintezi asosan poyada sodir bo‘ladi. Tmezipteris barglari esa lantsetsimon, ancha keng, to‘qimalari yaxshi taraqqiy etgan. Spora barglari psilotsimonlarda shoxcha shaklida, psilotda uch uyali, tmezipterisda esa ikki uyali. Sporalari bir xil kattalikda, qulay muhitga tushishi bilan ulardan nursimon simmetriyaga ega psilot gametofiti unib chiqadi. Uning kattaligi 2 sm gacha bo‘lib, yer ostida hayot kechiradi, xlorofili yo‘q, bir hujayrali rizoidlari bo‘lishiga qaramasdan, ichida joylashgan zamburug‘lari yordamida saprofit holda oziqlanadi. Anteridiy va arxegoniy gametofitning butun yuzasi bo‘ylab joylashgan. Spermatozoidlari ko‘p hujayrali. Psilotsimonlar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi epifit o‘simliklar hisoblanadi, lekin ayrim hollarda chirindiga boy nam tuproqlarda ham uchraydi. Psilotsimonlar xo‘jalik ahamiyatiga ega emas, faqat bir turi, ya’ni P. glabrum Yaponiyada manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.

Yüklə 113,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin