2.3 Yuksak va tuban o’simliklar o’rtasidagi farqlar tahlili Ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘payish vazifasini urug‘dan tashqari vegetativ organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz, barg va h. k.) ham bajaradi. Yer yuzidagi barcha o‘simliklar (tuban va yuksak o‘simliklar) ovqatlanishga ko‘ra uch gruppaga: avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi), geterotrof va simbioz organizmlarga bo‘linadi. Avtotrof organizmlarga suvo‘tlarining barchasi, moxlar, paporotniklar, plaunlar, bo‘g‘imlilar, ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar kiradi. Avtotrof ovqatlanuvchi organizmlar quyosh nuridan foydalangan holda havodagi karbonat angidrid (CO2) gazini qabul qiladi va o‘z tanasidagi (yoki tallomidagi) bu gaz suv bilan birikadi. Murakkab ximiyaviy reaktsiya sodir bo‘lishi natijasida o‘simlik tanasida (bargida, tallomida) organik modda hosil bo‘ladi. Bu organik modda kraxmal shaklida to‘planadi va keyinchalik o‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan protsesslarda sarf bo‘ladi. Bunday murakkab ximiyaviy protsess fotosintez deb nomlanadi. Fotosintez protsessi tuban o‘simliklar hujayrasidagi xromatofor tarkibiga kiruvchi pigmentlar (xlorofill, karotin, fikotsian, fikoeritrin, fukosantin), yuksak o‘simliklarda esa ularning barg hujayralaridagi xlorofill — yashil tanachalar ishtirokida sodir bo‘ladi.
Xulosa Botanika fanining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan '‘Tuban o'sim liklar” asosan suvo'tlari, zamburug'lar, shilimshiqlar valishayniklar olamini o‘rganadigan yo'nalish sifatida hozirgi paytda biologiyaning muhim sohalardan biriga aylanib bormoqda. Keyingi yillarda dunyo miqiyosidagi shu sohada olingan ilmiy ma’lumotlar tuban o'sim liklarning ultra tuzilishlari, ularni tashkil etadigan organlarining biokimyoviy tarkiblari, molekulyar biologiyasi, irsiy tuzilmalari bu organizmlarga nisbatan boshqacha yondashishni taqazo etadi. Shuningdek, xorijiy va mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarida suvo'tlari, zamburug'lar, lishayniklar hamda ularga yaqinlashtirilgan organizmlarning ultra tuzilishlari, irsiy xususiyatlari asos qilib olingan yangi darsliklar paydo bo'lganiga ancha bo‘ldi. Yuksak o`simliklar ham tuban o`simliklar singari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin yuksak o`simliklarning hammasi uchun jinsiy naslning jinssiz nasl bilan navbatlashishi - nasl gallanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Odatda, jinssiz ko`payish sporalar yordamida bo`lib, bu sporalarning kata-kichikligi bir xil yoki har xil bo`lishi mumkin.
Glossariy Arxegoniy-cho`ziq gulcha shaklida bo`lib, u qorin, bo`yin va og`izcha qismlaridan iborat
Yo‘sinsimonlar - eng sodda tuzilishli yuksak o‘simliklar
Psilofitsimonlar - faqat qazilma holda uchraydigan o‘simliklardir
Yashil suvo‘tlar tipi- bir hujayrali, ko‘p hujayrali va koloniya organizmlarning 5’700 ga yaqin turi kiradi
Zigota - gametalarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot
Foydalanilgan adabiyotlar Burigin I. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O`qituvchi”, 1977.
Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002.
Sahobiddinov S. S. O`simliklar sistematikasi. Toshkent, “O`qituvchi”, 1976.
Васильев А. И. и другие. Ботаника: морфология и анатомия растений. М., “Просвещение”, 1988.