Qirqbo‘g‘imlilar — Equisetineae va Paporotniksimonlar — Pteropsida bo‘limlari.
Qirqbo‘g‘imlilar sinfi — EquisetineaeEquisetineae sinfining vakillari poyasining “bo‘g‘imli” bo‘lishi, ya’ni bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlarda, odatda, juda reduktsiyalangan va ko‘pincha bir-biri bilan qo‘shilib, naysimon qinlar hosil qiladigan barglar halqa shaklida joylashadi. Shox halqalari ham bo‘g‘imlarda bo‘ladi. Yer usti novdalarining uchida sporali boshoqchalar yuzaga keladi, ular halqa bo‘lib joylashgan qalqonchalar yoki sporofillardan iborat. Gametofitlari mayda yashil plastinkaga o‘xshab ko‘rinadi va ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi. Spermatozoidlarida bir tutam xivchinlar bor. Equisetineae sinfiga: 1) hozirgi Equisetaceae va 2) qurib bitgan Calamariaceae oilalari kiradi.
Qirqbo‘g‘imlar oilasi — Equisetaceae.Bu oilaga birgina qirqbo‘g‘im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko‘p uchraydigan dala qirqbo‘g‘imi — Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqnsh uchun misol bo‘la oladi. Uning poyasi uzun va shoxlanmaydigan bo‘lib, to‘g‘ri tartib bilan gallanadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan. Ba’zi novdalarining bo‘g‘imlaridan bir talay ingichka barglardan tuzilgan muntazam halqalar chiqadi, bu halqalar ham bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘ladi. Sal bo‘rtib turadigan bo‘g‘imlarda bir-biri bilan qo‘shilib, naychasimon qin xosil qiladigan barglar bo‘ladi, bu barglar yuqoriga qarab o‘sadi va tepadagi bo‘g‘im orasining pastki qismini o‘rab oladi. Poyaning pastki qismi yerda o‘sib, ildizpoyaga aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘ladi. Ildizpoyaning bo‘g‘imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o‘sish nuqtasi bo‘ladi, o‘sish nuqtasi bir-biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan. Sporali boshoqchalar novdalarning uchlarida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning ichi to‘qimalar bilan to‘lgan. Bo‘g‘im oraliqlari esa bo‘sh bo‘ladi va kavagi keng bo‘lib, bir bo‘g‘imdan ikkinchi bo‘g‘imgacha boradi. Bo‘g‘im oraligining yuzi notekis; undan uzunasiga ketgan och rangli qirralar o‘tadi, ularning orasida birmuncha to‘q rangli chuqurchalar bo‘ladi. Chuqurchalar tagidagi asosiy parenximadan (poya asosan shu parenximadan iborat) serbar havo yo‘llari o‘tadi. Qirralar tagida esa, kichik suv kanalchalari bog‘lamlari bo‘ladi. Suv kanalchalari bog‘lamlari kollateral tipda tuzilgan bo‘lib, bo‘g‘im oralig‘ining boshidan-oyog‘igacha bir-biriga parallel holatda boradi; bo‘g‘imda ular shoxlanadi va tarmoqlari bir-biri bilan yana qo‘shilib, keyingi bo‘g‘im oralng‘iga o‘tadi. Qirqbo‘g‘imning xarakterli xususiyatn shuki, epidermisning devorchalariga qumtuproq singadi, shunga ko‘ra paporotnik ancha qattiq bo‘ladi. Equisetum sporangiylarda paydo bo‘ladigan sporalar yordamida ko‘payadi. Sporangiylar esa, o‘z navbatida, sporali boshoqchalarda turadi. Bu boshoqcha sporali qalqonchalar yoki sporofillardan tuzilgan. Har bir sporofill olti qirrali plastinkadan iborat bo‘lib, uning markazidan o‘zakka (o‘qqa) tomon (unga tik ravishda) ingichka oyoqcha o‘tadi, sporofill shu oyoqcha bilan o‘zakka birikib turadi. Sporofill oyoqchasi atrofida 8-10 ta sporangiy bo‘ladi, ular tashqi cheti bilan sporofillga birikadi. Sporangiy ichida shakli va kattaligi bir xil bo‘lgan bir talay sporalar bor. Sporofillar o‘zakda zich halqa bo‘lib joylashgan, ular yoshligida chetlari bir-birlariga zich taqalib turadi. Sporalar pishib, yetilishga kelganda o‘zak cho‘zilib, halqalar bir-biridan ajraladi va orasi tirqish bo‘lib qoladi, sporalarga shu tirqishlardan sochilishga yo‘l ochiladi. Spora sharsimon to‘q yashil hujayradan iborat bo‘lib, ancha qalin parda bilan qoplangan va spiralsimoi ikkita burama lenta yoki elatera bilan o‘ralgan. Elateralar gigroskopik bo‘lib, quriganida yoziladi va havo nam tortganida yana buraladi. Elateralarning roli shundan iboratki, o‘shalar borligidan spora xamisha bir-biriga ilashib, yancha yirik va yumshoq tugunchalar xosil qiladi. Shunga ko‘ra, sporalar shamolda osonroq tarqaladi va unib chiqar ekan, hamisha bir talay gametofitlar paydo bo‘ladi va otalanishni osonlashtiradi (qirqbo‘g‘im gametofiti ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi) Nam yerga tushgan sporalardan gametofitlar o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning sporalari sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham; ichki tuzilishi boshqacha bo‘ladi, shunga ko‘ra bir xil sporalar otalik gametofit xosil qilsa, ikkinchi xil sporalar onalik gametofiti xosil qiladi. Biroq, bu doim saqlanib qoladigan tafovut emas, tashqi sharoit ta’siri bilan otalik gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa anteridiylar hosil bo‘lishi mumkin. Equisetumning ba’zi turlarida (E. arvense, E. laevigatum, E. majusda) gametofitlar, chamasi, ko‘pincha bir uyli bo‘ladi, shu bilan birga, ularda avval arxegoniylar, keyinroq esa anteridiylar taraqqiy qiladi. Equisetum gametofiti lentasimon uzun-uzun parralarga bo‘lingan kichkina yashil plastinka ko‘rinishidadir; uning pastki tomonidan rizoidlar chiqadi. Otalik gametofitlari onalik gametofitlariga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Gametofit parraklari uchida anteridiylar joylashgan. Anteridiylar dumaloq tanacha ko‘rinishida bo‘lib, bir qavat devori va mayda-mayda spermagen hujayralardan iborat moddasi bor, Ularning har biri buralgan va uchida bir tutam xivchini bo‘lgan spermatozoidni beradi. Onalik gametofitining ko‘p qavatli markaziy qismida arxegoniylar rivojlanadi. Arxegoniylar tipik tuzilishda bo‘ladi va qorin qismi bilan gametofit to‘qimasiga botib turadi. Arxegoniyning otalangan tuxum hujayrasidan yangi qirqbo‘g‘im o‘simligi, ya’ni sporofit yoki jinssiz nasl o‘sib chiqadi.
Qirqbo‘g‘imlarning hammasi o‘t o‘simliklaridir. Qirqbo‘g‘imlar ichida eng kattasi janubiy amerika qirqbo‘g‘imi — E. giganteum bo‘lib, bo‘yi 12 m ga borgani holda, eni atigi 0,5-2 sm keladi. (E. giganteum chirmashib o‘suvchi o‘simlikdir). Qirqbo‘g‘imlarning bo‘yi, odatda, 0,5-1 m bo‘ladi. Ularning hammasida gorizontal ravishda o‘sib, juda shoxlanadigan va ko‘pincha ancha yerni egallaydigan ildizpoya bor; ko‘pgina qirqbo‘g‘imlar (E. arvense, E. heleocharis va boshqalar) ildizpoyasi yordamida vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Ba’zi turlarining ildizpoyalarida (E. arvense, E. maximum) alohida tuganaklar hosil bo‘ladi, bu tuganaklar ham vegetativ yo‘l bilai ko‘payishga xizmat qiladi. Ildizpoyalarining uchi qayrilib, yer betiga chiqadi va yer usti novdalarini hosil qiladi. Ba’zi qirqbo‘g‘imlarda vegetativ novdalar bilan spora beruvchi novdalar bir-biridan farq qilmaydi; ba’zilarida esa bu novdalar bir-biridan keskin farq qiladi (dimorfizm). Masalan, E. arvensening erta bahorda hosil bo‘lgan novdalari och qo‘ng‘ir rangli va nozik bo‘lib, uzoq yashamaydi. Ularning uchida sporali boshoqchalar bo‘ladi; ular sporalarini tarqatganidan keyin qurib qoladi. Bu novdalar o‘rniga ildizpoyadan vegetativ novdalar o‘sib chiqadi. E. pratense va E. silvaticumda ham spora beruvchi novdalar bo‘ladi, biroq bu novdalar sporalar to‘kilgvnidan keyin qurimay, vegetativ novdalarga aylanadi; ayni vaqtda yashil tusga kirib, halqa bo‘g‘imlaridan shoxlar chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |