Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”



Yüklə 144,35 Kb.
səhifə3/7
tarix11.05.2023
ölçüsü144,35 Kb.
#111621
1   2   3   4   5   6   7
Rustamaliyeva Xurshidaxon kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: ixtisoslashtirilgan alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berish maktabi tarbiyalanuvchilari o’rtasida huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiy sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishning yo’llariga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Toshkent shahridagi 24-son ixtisoslashtirilgan alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berish maktabi tarbiyalanuvchilari o’rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablarini o’rganish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: umumta’lim maktablari o’quvchilarida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari o’rganishning mazmuni, shakli,
Kurs ishining vazifasi vazifalari:

  1. O’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish pedagogik muammo ekanligini aniqlash;

  2. O’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olishda pedagogik-psixologik ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;

  3. O’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish olishga qo’yiladigan pedagogik talablarni tahlil qilish;

  4. Huquqbuzarlikning oldini olishda ta’lim jarayonining maqsadi va vazifalarini yoritish;

  5. Ta’lim va sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida o’smirlarda huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish;

  6. O’smirlar orasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etishga oid o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligini aniqlash.

Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, kirish, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB VOYAGA YETMAGANLAR BILAN HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISHDA IJTIMOIY-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR


1.1 Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olishda olib borilayotgan faoliyat
Davlatimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko'tarib, bugungi kunda aholining yoshlar qatlamiga oid islohotlarni to'la-to'kis amalga oshirib kelmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash, yoshlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish kabi vazifalar bilan bir qatorda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish masalasi ham dolzarb vazifalar qatoridan joy oldi. Huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki uning kelib chiqishi sabablarini aniqlash profilaktika ishlarini olib borishning samaradorligini oshirishga asos bo'ladi.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi masalasi faqatgina bir tashkilot zimmasidagi vazifa bo'lib qolmasdan, bu yo'nalishda tizimli faoliyatni olib borish maqsadga muvofiq bo'lishi haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e'tibor qaratmayapti", deb ta'kidlagan.
O'zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan faoliyat huquqbuzarlik sodir etish havfi ostidagi voyaga yetmagan shaxslarni har tomonlama o'rganish va amaliy yordam ko'rsatishga imkon beradi. 2010-yil 29 sentabrda qabul qilingan "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 2-bob 8-moddasiga ko'ra "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
• Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalar;
• Ichki ishlar organlari;
• Ta'limni boshqarish organlari va ta'lim organlari;
• Vasiylik va homiylik organlari;
• Sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari;
• Mehnat organlari", deb belgilangan.
Ta'lim tizimi huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ishlarni olib borishda voyaga yetmaganlarni kuzatish, xulqiy o'gishlarni payqash, axloqiy o'zgarishlarni nazorat qilishda ustunliklarga ega. Jumladan:
■ O'quvchilarning kundalik davomatini o'rganish orqali sababsiz dars qoldiradigan va darsga qatnashga befarq bola va buning nazoratini to'g'ri tashkil etmagan oila haqida ma'lumotlar olish;
■ Darslarni o'zlashtirishda qiynaladigan bolani payqash;
■ Maktabga bolaning turli jismoniy jarohatlar (masalan, ko'karish, kuyish, holsizlik va boshqalar) bilan kelishi zo'ravonlikka duchor bo'lganligi ehtimoli yuzasidan o'rganishlar olib borish;
■ Bolaning maktabdagi referent guruhi bilan munosabatini kuzatib borish;
■ Darslarga doimiy kechikib kelishiga sabab bo'lgan sharoitlarni aniqlash;
■ Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolganda yoki ota-onasi ajrashganda yoxud ota-onasidan biri vafot etganida boladagi hissiy va turmush o'zgarishlarining avval va hozirgi holatini tahlil qilish;
■ Bolaning shaxsiy fazilatlari, dunyoqarashi, qiziqishlarini aniqlash kabi vazifalardir.
Umumta'lim maktablarida profilaktika ishining vazifalari quyidagilardir:
o Bolaning hayoti va sog'ligini muhofaza qilish;
o Voyaga yetmaganlarning qarovsizligini oldini olish;
o Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va singdirish;
o Ijtimoiy, psixologik va shaxsiy xarakterdagi muammolar va qiyinchiliklarni hal qilishda o'quvchilarga yordam ko'rsatish.
Umumta'lim maktablarida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlari ikki shaklda amalga oshiriladi: umumiy (jamoaviy) profilaktika, yakka tartibdagi profilaktika.
Umumiy (jamoaviy) profilaktika - bu o'quvchilarning umumiy jamoasiga qaratilgan, huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, o'quvchilarning huquqiy ongini o'stirib, qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar majmuidir.
Yakka tartibdagi profilaktika ishi — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni o'z vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyatdir.
Umumiy profilaktika tadbirlari doirasida har payshanba umumta'lim maktablarida "profilaktika kuni" o'tkazilishi va bu kunda maktab miqiyosida ommaviy tarbiyaviy profilaktik ishlarga o'quvchilarning katta qismi jalb qilinishi belgilangan. Jumladan, "O'quvchilar davomati va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish" davra suhbati, "Internetning salbiy ko'rinishlari-yoshlar tarbiyasiga ta'siri" tadbirlari, "Kelajakka sog'lom fikr bilan" so'rovnomasi, "Jinoyatchilikning ildizlari" suhbati, "Yoshlar va qonun" mavzusida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tadbirlar, "Jaholatga qarshi kurash" mavzusida debat, "Bola tarbiyasiz tug'iladimi?" mavzusida suhbat, "Ta'tilni jinoyatlarsiz o'tkazamiz" shiori ostida tadbirlar majmui va boshqa ko'plab tadbirlar shular qatoridandir. Ushbu tadbirlar mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, diniy tashkilot vakillari, yoshlar yetakchisi va boshqalar ishtirokida tashkil etiladi.
Huquqbuzarlik sodir etgan yoki xulqiy og'ishlari ijtimoiy havf ehtimolini yuzaga keltiradigan voyaga yetmaganlar umumta'lim maktablarining ichki nazoratiga olinishi belgilangan. Bunday o'quvchilar qatoriga ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan va muntazam ravishda qatnashmayotgan o'quvchilar, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlar, notinch oila farzandlari, tarbiyasi og'ir bolalar, ta'lim muassasalariga o'tkir tig'li ta'qiqlangan buyumlarni olib kelgan yoki olib kirishga uringan o'quvchilar va ijtimoiy havfli hatti-harakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar kiradi. Umumta'lim maktablarida yakka tartibda ishlashda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo'lgan yoki qayta sodir etish ehtimoli bo'lgan bola barcha profilaktik tadbirlarning markazida bo'ladi. O'quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi mas'ul xodim sifatida sinf rahbari, yoshlar yetakchisi, maktab psixologi, tajribali o'qituvchilardan bir nafari (zarur hollarda bir necha nafar) bo'lishi mumkin. O'quvchilar maktab ichki nazoratiga uch, olti, to'qqiz oy va bir yil muddatga olinadi, ushbu muddat o'quvchining xulqida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lgunga qadar uzaytirilishi mumkin. Mas'ul xodimlar bolaning davomati, o'zlashtirish ko'rsatkichlarini nazorat qilish, u bilan suhbatlar o'tkazish, bolaga turli sohada maslaxat va yordam berish, bolaning oilasi bilan muntazam aloqa qilish, bolani o'zi qiziqqan to'garakka biriktirish va boshqalarni amalga oshiradilar.
Huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga roiya qiladigan fuqarolarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda
umumta'lim maktablarida fan sifatida o'tiladigan "Huquqshunoslik" darslari o'z o'rniga ega. O'quvchilarga huquqbuzarlik, huquqiy javobgarlik, jazo, jinoyat, huquqbuzarlikning oldini olish, huquq va axloq normalari kabi tushunchalar aynan ushbu darslarda yoritilib, mavzuga oid muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bilan mustahkamlanadi.
Shuningdek, ta'lim tizimida voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi borasida ijtimoiy pedagogika sohasi maxsus yo'nalish sifatida rivojlanmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-pedagog kadrlarga ehtiyoji o'rganilib, ular ishlashi kerak bo'lgan tegishli ish joylarini belgilandi:
• maktabgacha ta'lim (bolalar bog'chalarida, bolalarni maktabgacha o'qitish muassasalarida, maktabga tayyorgarlik sinflarida va hokazolarda bolalarni parvarish qilish, tarbiyalash va o'qitish);
• yoshlar bilan ishlash (ta'lim, uni qo'llab-quvvatlash, bo'sh vaqtni tashkil etish, uy vazifalarini tayyorlash bo'yicha maslahatlar, yosh avlodga kasbga yo'naltirishda yordam berish, yoshlar klublari bilan ishlash va boshqalar);
• bolalar uylari va bolalar uylarida ta'lim olish (ta'lim, uni qo'llab-quvvatlash, oilaviy ta'limga yaqin sharoitlar yaratish, mustaqillikni rivojlantirish va boshqalar);
• kattalar ta'limining shakllari, mazmuni va usullari (kasb-hunar ta'limi va ta'lim, korxonalardagi ijtimoiy ishlar, o'z-o'ziga yordam tashkiloti, oilaviy maslahat va boshqalar);
• oilaga ijtimoiy va ma'rifiy yordam (konsultatsiyalar, kundalik muammolarni hal qilishda yordam, oilani qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadbirlar);
• maktabdagi ijtimoiy ish.
Ijtimoiylashuv va shaxsni shakllantirishda ta'lim tizimidagi ijtimoiy ish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatning barcha bolalarga to'laqonli ta'lim bera olish qobiliyati - bu jamiyatning ijtimoiy sog'lomligining ko'rsatkichi va uning barqaror rivojlanishining zaruriy shartidir. Zamonaviy jamiyatining o'zgaruvchan sharoitida faqat mustahkam ta'lim insonga o'z mavjudligini ta'minlashga va ijtimoiy, kundalik, kasbiy, mehnat va ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bugun to'laqonli (boshlang'ich, o'rta, kasb-hunar) ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan kishi ertaga o'zini o'zi ta'minlay olmaydiganlar qatoriga qo'shilib, jamiyatning boqimandasiga aylanishi mumkin.
Pedagogika, shu jumladan ijtimoiy pedagogika, umumta'lim maktablarida voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik sabablari va manbalarini o'rganish hamda jinoyatchilikning kamayishini ta'minlaydigan bunday profilaktika dasturini yaratish uchun zarurdir. Deviant xatti-harakatlarning oldini olishni tashkil qilish
jarayonida ijtimoiy pedagogning vazifasi voyaga yetmaganlar bilan munosabatlarda haqiqiy hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishdir. Ularning ixtiyoriy ravishda yordam so'rash prinsipi va yordam taklif qilish prinsipi bir xil darajada amal qiladi. Bolada deviant xatti-harakatlarning oldini olish jarayonida ijtimoiy pedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: diagnostika; ma'lumot to'plash va tahlil qilish; o'qitish; ma'lumot berish; ijtimoiy va psixologik muammolarni hal qilishda yordam berish; boshqarish. Ijtimoiy pedagoglar o'quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonlaridagi o'ziga xoslikni, individual xususiyatlarni o'rganib, xulqiy og'ishni boshidan o'tkazayotgan bolalarga amaliy yordam ko'rsatadi.
Ijtimoiy va pedagogik xizmatlarning o'zaro ta'sirini o'rganib, profilaktika faoliyatini tizimli tashkil etishda asosiy uchta darajani ko'rsatishimiz mumkin:
• Mikro daraja: bu "ijtimoiy pedagog - o'quvchi" ijtimoiy makoni darajasida belgilanishi mumkin.
• Mezo daraja: uning ijtimoiy makonini quyidagicha aniqlash mumkin: "ijtimoiy pedagog - o'spirin - oila"
• Makro daraja: uni "oila - o'spirin - ijtimoiy pedagog - jamiyat" deb ko'rsatish mumkin.
Voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari faoliyatining asosiy ustuvor yo'nalishiga aylandi. Albatta, bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu yoshlar orasida huquqbuzarliklarning o'sish yo'llarini o'rganish va ularning oldini olish samaradorligini oshirishdir.
Profilaktik tadbirlar jarayonida bolani profilaktikaning to'liq obyetiga aylantirmasdan, barcha jarayonlarda u bilan birgalikda ishtirok etish va profilaktika subyektlari (maktab, jamoat tashkilotlari, oila, davlat organlari, jamiyat) hamkorligi to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak.


Yüklə 144,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin