Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


Voyaga yetmaganlar bilan huquqbuzarlikni oldini olishda pedagogni faoliyati



Yüklə 144,35 Kb.
səhifə6/7
tarix11.05.2023
ölçüsü144,35 Kb.
#111621
1   2   3   4   5   6   7
Rustamaliyeva Xurshidaxon kurs ishi

2.2 Voyaga yetmaganlar bilan huquqbuzarlikni oldini olishda pedagogni faoliyati
Har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda shaxsga psixologik-pedagogik ta’sir etilmas ekan, tarbiyaviy shlarda samaradorlik bo’lmaydi. Shaxslarga pedagogik ta’sir etish usullaridan asosiy maqsad – tarbiyalanayotgan shaxslarga yakka tartibda pedagogik ta’sir etish orqali ularni jamiyat uchun foydali ishga jalb qilish.
Psixologik-pedagogik ta’sir etish – mavjud tarbiyaviy usullar yig’indisi emas, balki tarbiyachining tarbiyalanuvchi ongiga ijobiy ta’siri, muomalasi va murojaatidir. Har bir shaxsga psixologik-pedagogik ta’sir etishning o’z maqsadi bo’lib, unga erishish uchun barcha mavjud chora-tadbirlar ko’riladi. Shaxslarga yakka tartibda psixologik-pedagogik ta’sir etishda har doim ham ijobiylik bo’laveradi, deb ayta olmaymiz. Chunki ba’zi bir shaxslarda salbiy jihatlar ustun bo’ladi, masalan, janjal chiqarishga moyillik, boshqalarni tushunishni xohlamaslik va hokazo. Yakka tartibdagi huquqbuzarlikning oldini olish quroli tarbiya usullaridir.
Tarbiya usullaridan eng ko’p tarqalgani mehnat qilishga undash bo’lib, u mehnatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Mehnat qilish esa jinoyatning oldini olishning o’ziga xos usuli. Bundan barcha huquqbuzarliklarning boshida bekorchilik turadi, deb xulosa qilishimiz mumkin. Shuning uchun ham yakka tartibda huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlarining xodimlaridan bosiqlik, bardoshlilik talab qilinadi.
Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olishdagi eng qiyin jarayon bu – psixologik tarbiyaviy ta’sir etish usullarini tanlash. Chunki har qanday yakka tartibda tarbiyaviy ta’sir etish o’ziga xos tarbiya usullarini qo’llashni talab qiladi. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda pedagog nazariyachilar ilmiy kuzatishlarining ham o’z o’rni bor, masalan, amaliyotdagi tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi ichki ishlar organlarining xodimlari qo’llamayotgan usullarni nazariyachilar aniqlashlari va organ xodimlariga o’sha usullarni qo’llab ko’rishni tavsiya etishlari mumkin.
Tarbiya tizimida ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogik faoliyatini quyidagilarga bo’lib o’rganilsa, to’g’ri deb o’ylaymiz, ya’ni:
1) shaxslarning psixikasiga og’zaki, yozma va texnik vositalar orqali ta’sir etish;
2) shaxslarning intellektual darajasi va uni rivojlantirishga pedagogik faoliyatni yo’naltirish;
3) shaxslarning xatti-harakatida tarbiyaga bo’ysuna bilish yoki bo’ysuna olmaslik harakatlarini ham o’rganib borish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida»gi (2000 yil 27 sentyabr) qarorida yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo’lgan o’zini o’zi boshqarish organlari, o’quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o’z faoliyatini deyarli to’xtatib qo’yganligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin o’zlarining ishlariga mas’uliyat bilan qarayotgan, burchlarini vijdonan ado etayotgan, o’zlarining faoliyatida, ya’ni voyaga yetmagan yoshlarning ongi, tafakkurini shakllantirish, yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda huquqiy savodxonligini oshirishda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni jonlantirayotgan ichki ishlar organlarining xodimlari ham kam emas. Bunday tadbirlarning o’zi yetarli emas, deb o’ylaymiz. Buning uchun esa o’zaro hamkorlik kerak bo’ladi, masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» kengashi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, «Sog’lom avlod uchun», «Kamolot» jamg’armalari, o’zini o’zi boshqarish organlari bilan bog’lanish kerak bo’ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari yoshlar, o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish ishlarining qanday amalga oshirilayotgani ustidan nazoratni kuchaytirsalargina o’zaro hamkorlik jarayonining samarasi va dolzarbligi yo’qolmaydi.
Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olishda va shaxslarga psixologik-pedagogik ta’sir etishda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy jihatdan bunday tarbiyaviy faoliyatga tayyor emasliklari ham ularning tarbiyaviy ta’sir etish usullaridan to’la foydala olmasliklariga sabab bo’ladi. Bunday hol iloji boricha takrorlanmasligi kerak, agar yana takrorlansa, keyingi safar tashkil etiladigan tarbiyaviy profilaktik tadbirga fuqarolar kelmasliklari ham mumkin yoki kelganlarida ham ijobiy emas, balki salbiy fikr bilan qaytib ketadilar, o’zlarida tarbiyaning hyech qanday ta’sir kuchini sezmaydilar.
Bunday paytda tarbiyachi shaxs quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak: bilimli bo’lish, notiqlik san’atini mukammal egallagan bo’lishi (auditoriyani o’ziga jalb qila olishi), hayotiy amaliy tajribaga ega bo’lishi, auditoriyaning kayfiyatini tez ilg’ay olishi.
Yakka tartibdagi profilaktik tarbiyaviy ishlarni olib borishda kuzatish usuli juda qo’l keladi, chunki birinchi uchrashganlarida u doimo o’ziga xos, hyech kim bilan tenglashtirib bo’lmaydigan shaxsdek tuyuladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari profilaktik tarbiyaviy ishlarni olib borishda ana shunday to’siqlarni yo’q qila olish san’atini egallaganliklari bilan ham ajralib turishlari lozim. Birinchidan, profilaktik tarbiyaviy ishlarni olib borishda obyekt bilan subyekt o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri tarbiyaviy ta’sir etish ishlari olib boriladi, bunda dastlab, tarbiyaviy jarayon ataylab olib borilmayotgandek tuyuladi, lekin har qanday uchrashuv va tadbirning asosida o’ziga xos tarbiya, ta’sir etish hamda uning elementlari mavjud bo’ladi.
Jinoyatlarning oldini olish ishlari ikki tomonlama – umumijtimoiy hamda kriminologik, ya’ni maxsus tashkil etilgan tadbirlar orqali olib boriladi.
Yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda va shaxslarga psixologik-pedagogik ta’sir etishda tarbiya obyekti doimo shaxslar, ularning ongi, psixologiyasi, sezgisi va axloqi bo’ladi, boshqacha aytganda, ichki ishlar organlari xodimlarining tarbiya obyekti alohida shaxslar, bir guruh shaxslar, mehnat jamoalari, oilalar bo’lishi mumkin. Shu o’rinda aytish mumkinki, qadim- qadimdan tarbiyachilar o’rtasida tarbiyaviy ish olib bormoqchi bo’lsang, eng avvalo, kimga tarbiyaviy ta’sir etasan – o’shani bilishing kerak, degan fikr mavjud. Ushbu fikr juda to’g’ri bo’lib, haligacha o’z dolzarbligini yo’qotmagan.
O’tkazilgan profilaktik tadbirlarning natijalarini, birinchidan, shaxsning ijtimoiy turmushida ijobiy o’zgarishlarning yuzaga kelishida; ikkinchidan, uning ijtimoiy faolligida; uchinchidan, shaxsning o’zi doimo faol bo’lib, boshqalarni ham faolikka jalb etishida ko’rishimiz mumkin.
Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olishda huquqiy bilimlar va umuman, huquqning o’rni o’zgacha. Masalan, jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda huquq normalarini amaliyotda to’g’ri qo’llay olish nihoyatda muhim hisoblanadi, chunki huquq normalarini amaliyotda to’g’ri qo’llay olish tufayli shaxslarning axloqida ijobiylik yuzaga keladi. Bunday ijobiylik shaxsning jinoyat sodir qilishi yoki huquq normalarini buzishining oldini oladi. Hatto boshqalardan ham jinoyat yoki huquqbuzarlikni sodir etmaslikni talab qilish darajasigacha yetadi.
«Har qanday aqlli odam kasalni tuzatishdan avval, kasal bo’lmaslikning harakatini qiladi» degan mashhur hikmat jinoyatga qarshi kurashgandan ko’ra, sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoyatning oldini olgan yaxshi, degan fikrni tasdiqlaydi. Huquq normalari ijtimoiy faoliyatimizni tartibga solish bilan birga, u shaxslarni har qanday boshqa salbiy oqibatlardan ham himoya qiladi. Bu jamiyat rivojida o’ziga xos o’rin egallaydi, masalan, jinoiy jazoni o’tayotgan shaxslar, nafaqat aynan sodir etgan jinoyatlari uchun jazosini o’tayapmiz, deb o’ylaydilar, shuningdek, ular boshqa jinoyat sodir etmaslik, uni sodir etgan shaxsning qilmishi aslo kechirilmasligini ham anglab yetadilar. Jinoyat sodir etilishi va huquqbuzarlikning oldini olishda, nafaqat jinoyat huquqi, shuningdek, ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi, intizom choralari turlaridan ham keng foydalaniladi.
Huquqbuzarlikning oldini olishda amaldagi qonunlarning tarbiyaviy ahamiyati ham o’ziga xoslikni yuzaga keltiradi. Huquqiy bilimlarning shaxs ongiga ijobiy ta’sir etishi, bunday ijobiy ta’sir etishning natijalarini, ya’ni qonunga hurmat va shaxslarda qonunni buzmaslikning odat tusiga aylanganligida ko’rishimiz mumkin.
Shaxs xizmat faoliyatining ahamiyatini oshirish va ko’rsatishda huquq normalarining bugungi kundagi ta’siri, jinoyatning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini aniqlash hamda ochib berish - doim eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olish haqida Yu. V. Soloponovning fikriga qo’shilamiz, chunki uning fikri hayotdan olingan, ya’ni shaxsning sudlanganligi – bu uning uchun o’ziga xos sinov muddati hisoblanadi, chunki shaxs jazoni o’tab, o’zini erkin hayotga moslashganligini ko’rsata bilishi kerak. Bu fikr esa shaxsga ta’sir etishda o’ziga xos yakka tartibdagi profilaktika hisoblanadi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari, ayniqsa, profilaktika nozirlari profilaktik ishlarni jinoyat huquqi qonunlariga suyangan holda olib boradilar. Profilaktika vakillari jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash usullarini tanlaydilar va tartibga soladilar. Bundan tashqari, yakka tartibdagi huquqbuzarlikning oldini olishda O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi ham muhim manba hisoblanadi, chunki jinoyat huquqi bor joyda, albatta, jinoyat-prosessual huquqning bo’lishi tabiiy, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ular bir-birining faoliyatini to’ldiradi.
Shaxslarning sodir etadigan yakka tartibdagi huquqbuzarliklarining oldini olishda ma’muriy javobgarlik, ya’ni aybdorning ishini o’rtoqlik sudiga berish, jarima to’latish kabilar ham muhim hisoblanadi. Balog’at yoshiga yetmagan shaxslarning sodir etgan jinoyatlarini o’rganib, tahlil qilib, bunday shaxslarning huquqiy ongiga ijobiy ta’sir qilish yo’llarini izlash davr talabi bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston Respublikasida «Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar»ning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat: voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsiz, qarovsiz qolishi hamda ular o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshirish; davlat idoralari, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtirish.
Yuqorida to’xtalib o’tganimizdek, yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda ma’muriy huquq normalari o’ziga xos o’rin tutadi, bunda shaxslarni ma’muriy ogohlantirish va jazolash usullari muhim hisoblanadi. Eng asosiysi – shaxslarga ma’muriy-huquqiy normalarni qo’llash orqali ichkilikbozlikka, tekinxo’rlikka, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va residiv jinoyatchilikka qarshi to’la ma’nodagi kurash tadbirlarini amalga oshirish mumkin.
Shaxslarga nisbatan ma’muriy jazoni qo’llashning o’zi ularni har bir ishni kelgusida o’ylab qilishga majbur etadi. Shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin, u yana jinoyat sodir etsa, endi ma’muriy jazo emas, balki undan qattiqroq jazo qo’llaniladi (albatta, ma’muriy jazoning muddati o’tmagan bo’lsa).
Qattiq jazoning qo’llanishi shaxs o’zining axloqini tuzatmaganidan, qilmishidan xulosa chiqarmaganidan dalolat beradi. Ma’muriy jazoni tayinlashning xavfli tomoni shundaki, jazolangan shaxs to’g’ri xulosa chiqarmay, kelgusida katta jinoyatlarning kelib chiqishiga ham sababchi bo’lishi mumkin.
Yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqaroviy huquqning o’ziga xos o’rni va ahamiyati mavjud. Mehnat qonunlari ham bundan chetda qolmaydi, lekin bu qonunlarning barchasini o’rganish ushbu darslikning o’rganish obyektiga kirmaydi. Biz huquq normalari va ularning yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarga ta’sirini tahlil qilishimiz borasida shuni aytishimiz mumkinki, yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy normalar tizimi mavjud bo’lib, bu tizim yakka huquqbuzarlikning oldini olishni birma-bir o’rganadi.
Yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olish tarbiyaviy profilaktik ishlarning asosini tashkil qiladi. Uning quyidagi turlari mavjud :
1) umumiy; 2) maxsus; 3) huquqni himoya qiluvchi va huquqni tartibga soluvchi; 4) moddiy-ma’naviy va prosessual;
5) boshqaruvchi; 6) man qiluvchi.
Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olish uchun jinoiy va jinoiy-prosessual qonunlarni takomillashtirish zarur, shuningdek, bu muammoni nazariyotchi yuristlar, amaliyotchilar, psixologlar, pedagoglar hamkorlikda hal qilishlari kerak bo’ladi.
Jinoyatning oldini olish asosini tashkil qiluvchi huquqiy normalar va qonunlar jamoat tartibini saqlashda, ijtimoiy munosabatlarga kirishganda o’z kuchini, ta’sirini ko’rsatsagina ular jonli organizmga o’xshab, o’z vazifasini bajaradi deb o’ylaymiz.
Qonunni hayotga tatbiq etish turli shakllarda namoyon bo’ladi: birinchidan, huquqiy normalarga rioya qilish, ularni qo’llashda. Eng asosiysi, u shaxslarning xatti- harakatida nimalar mumkin yoki mumkin emasligini aniqlab, ko’rsatib beruvchi qurol hisoblanadi; ikkinchidan, huquqiy normalardan hayotda va amaliyotda foydalanishda, bu esa ularni amaliyotga faol tatbiq etish deb qaraladi; uchinchidan, huquqiy normalarning ijrosini ta’minlash, bu ijroni esa, huquq normalaridan tashqari, har bir shaxs o’z burchi orqali amalga oshiradi. Shaxs o’z burchini bajarishda O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga asoslanadi va rioya qiladi; to’rtinchidan, huquq normalari va qonunlarni qo’llash madaniyati, unda qonun chiqarishning o’zi birdan-bir maqsad emas, balki har qanday normativ hujjat kabi huquq normalari ham turmushda to’la ma’noda qo’llanilgandagina yashaydi. «Agar, – deb yozadi. U. Tadjixanov, – qonun bajarilmasa, u qonun emas, shior bo’lib qoladi, hayotiy emasligi ma’lum bo’lgan qonunni chiqargandan, chiqarmagan afzal. Talabchanlik va ijro intizomining yo’qligiga ko’pincha, qonunlar va boshqa qonuniy aktlarni bilmaslik sabab bo’ladi. Mehnat va fuqarolik qonunlarining buzilishi fuqarolarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarining cheklanishiga olib keladiki, bu esa jamiyatdagi sog’lom ruhiy muhitning buzilishiga sharoit yaratadi».

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi bo'yicha umumta'lim maktablarida quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lardi:
• Umumta'lim maktablarida psixologlarning malakasini muntazam oshirib borish va ular uchun ta'lim muassasasi hududida alohida xona ajratish.
• Maktab yoshlar yetakchilari shtatiga qo'shimcha ish o'rnini ajratish.
• Maktablardagi profilaktik ishlarga ijtimoiy ishchilarni jalb qilish. Bunda huquqbuzarlik sodir etish havfi ostidagi o'quvchi bilan birgalikda ularning oilasi bilan ishlash imkoniyati kengayadi.
• Umumta'lim maktablarida o'tiladigan huquq darslarida muammoli vaziyatlar-kazuslar ishlash amaliyotini kengaytirish. Bunda o'quvchilar nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajribani uyg'unlashtirish imkoniga ega bo'lishadi.
• Maktab yoshlar yetakchisi bilan birgalikda maktab ichki nazoratiga olingan o'quvchilarning qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash hamda ularni to'garaklarga, seminarlarga jalb qilish amaliyotini takomillashtirish.
• O'quvchilarning genogramma va ekoxaritasini tuzishni yo'lga qo'yish. Bunda o'quvchilarning oila a'zolari va oila bilan aloqada bo'lgan tashkilotlar haqida yetarlicha ma'lumot olish imkoni yaratiladi.
Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasining avvalgi tizimi huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganni tegishli ta'sir chorasini ko'rish maqsadida aniqlashni ko'zda tutgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son qarorini qabul qilishdan asosiy maqsad, g'ayriijtimoiy harakat sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlanishini inkor etmagan holda:
birinchidan, inspektor-psixologlarning xizmat xonasini umumta'lim maktablarida joylashtirib, har bir o'quvchini bevosita o'rganib, ularning orasidan tarbiyasi og'ir va g'ayriijtimoiy harakat sodir etishga moyillarini ajratish;
ikkinchidan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarning kelajakda huquqbuzarlik odir etishiga omil bo'lib xizmat qilayotgan holatlarni (nosog'lom muhit, og'ir moddiy yoki ijtimoiy hayot va h.k.) bartaraf etish yo'li bilan huquqbuzarlikni olini olish;
uchinchidan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil voyaga yetmaganni aniqlab, uni qayta tarbiyalash yo'li bilan huquqbuzarlikning oldini olish hisoblanadi.
Zero, katta hayotning ilk bosqichlarida shaxsga berilgan jazo, ushbu jazo adolatli bo'lsa ham voyaga yetmagan shaxsning butun umrini izdan chiqarib yuborishiga olib keladi.

Yüklə 144,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin