Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə141/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimizning o`z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimcha

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shim-cha

I

o`qiyapman, o`qimoqdaman, o`qiyotibman

-yap,
-moqda,
-yotib

-man


o`qiyapmiz, o`qimoqdamiz, o`qiyotibmiz

-yap,
-moqda,
-yotib

-miz


II

o`qiyapsan, o`qimoqdasan, o`qiyotibsan

-yap,
-moqda,
-yotib

-san


o`qiyapsiz, o`qimoqdasiz, o`qiyotibsiz

-yap,
-moqda,
-yotib

-siz


III

o`qiyapti, o`qimoqda, o`qiyotibdi

-yap,
-moqda,
-yotib

-ti
-
-di

o`qiyaptilar, o`qimoqdalar, o`qiyotibdilar

-yap,
-moqda,
-yotib

-ti(-lar)
-
-di(-lar)

SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo`llangan yot, yur, tur, o`tir ko`makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o`qib yotibman, o`qib yuribman, o`qib turibman, o`qib o`tiribman kabi.


3. Kelasi zamon

Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.


Kelasi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li.
Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish-bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

I

o`qirman, borarman

-r,
-ar

-man

o`qirmiz, borarmiz

-r,
-ar

-miz

II

o`qirsan, borarsan

-r,
-ar

-san

o`qirsiz, borarsiz

-r,
-ar

-siz

III

o`qir, borar

-r,
-ar

-

o`qirlar, borarlar

-r,
-ar

(-lar)



Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o`qishni davom ettirmoqchiman, so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimcha

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

o`shimcha

I

o`qimoqchiman, o`qiydiganman

-moqchi,
-digan

-man

o`qimoqchimiz, o`qiydiganmiz

-moqchi,
-digan

-miz

II

o`qimoqchisan, o`qiydigansan

-moqchi,
-digan

-san

o`qimoqchisiz, o`qiydigansiz

-moqchi,
-digan

-siz

III

o`qimoqchi, o`qiydigan

-moqchi,
-digan

-

o`qimoqchilar, o`qiydiganlar

-moqchi,
-digan

(-lar)

22-MA’RUZA
FE’LLARNING YASALISHI. FE’LLARDA MODAL SHAKL YASALISHI. TO`LIQSIZ FE’LLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI.


Reja:
1.To`liqsiz fe’llar
2. Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari
3. Fe’llarning yasalishi


Fe’llarning yasalishi
O`zbek tilida fe’llar so`z yasalish xususiyatiga ega. Fe’llar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik (affiksatsiya) usuli va sintaktik (kompozitsiya) usuli.
1. Morfologik usulga ko`ra, maxsus fe’l yasovchi affikslar yordamida boshqa so`z turkumlaridan (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so`zlardan) fe’l yasaladi.
Hozirgi o`zbek tilida fe’l yasashda quyidagi so`z yasovchi affikslar qo`llanadi:
-la affiksi: kuyla, bahola; tozala, oqla; sizla; tezla, sekinla; ufla, dodla; shitirla, shivirla kabi. Bu affiks unumdor fe’l yasovchi affiks sanalib, barcha so`z turkumlaridan fe’l yasaydi.
-a affiksi: tuna, o`yna; qiyna, yasha; guldura, shildira kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, taqlid so`zlardan fe’l yasaladi.
-r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, ko`kar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidagi fe’l yasaladi.
-y (-ay) affiksi: ulg`ay, kuchay, qoray; ko`pay, ozay kabi. Bu affiks sifat va ravish asosidan fe’l yasaladi.
-sira affiksi: suvsira, yotsira; sizsira, sensira kabi. Bu affiks bilan ot, sifat, olmoshdan fe’l yasaladi.
-lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga ko`ra qo`shma (-la+n) bo`lib, ot, sifat, sondan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbat (o`zlik)ni shakllantiradi.
-lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks ham tuzilishiga ko`ra qo`shma (-la+sh) bo`lib, u ot, son, undov so`zdan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbati (birgalik nisbat)ni shakllantiradi.
-i affiksi: changi, boyi, tinchi kabi. Bu affiks bilan ot va sifatdan fe’l yasaladi.
-ik (-iq) affiksi: yo`liq, do`riq, birik, kechik kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, son, ravishdan fe’l yasaladi.
-qir, -ira, -illa affikslari: hayqir, yarqira, yaltira, miltira; taqilla, gurilla, vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid so`zlardan fe’l yasaladi.
-ir (-ur) affiksi: gapir, tupur. Bu affiks ham unum so`z yasovchi affiks bo`lib, u ot va undov so`zdan fe’l yasaydi.
-ka, -sa affikslari: ham unum so`z yasovchi affikslar bo`lib, bu affikslar yordamida otdan fe’l yasaladi: iska, suvsa kabi.
2. Sintaktik usulga ko`ra ikki (ba’zan undan ortiq) so`z asosi birikishi bilan yangi so`z qo`shma fe’l yasaladi. Masalan: Borlig`imizni, boyligimizni, qadriyatlarimizni dunyoga ayon qilmoqdamiz (I.Karimov). Sustkashlik oson ishni mushkullashtiradi, qiyin ishni esa, chorasiz bir ahvolga olib keladi (Tafakkur gulshani). Bu misollardagi ayon qilmoqdamiz, olib keladi fe’llari sintaktik usul bilan yasalgan qo`shma fe’llardir.
Qo`shma fe’llarning qismlari qaysi so`z turkumidan tuzilishiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) ot+fe’l qolipidan qo`shma fe’llar. Bunday fe’llarda birinchi qism fe’ldan boshqa so`z turkumlari (ot, sifat, undov, taqlid)dan tuzilib, ikkinchi qismi fe’l bo`ladi: javob bermoq, qo`l qo`ymoq, nazar tashlamoq, xursand bo`lmoq, xafa qilmoq, oh urmoq, yalt etmoq kabi. 2) fe’l+fe’l qolipidan qo`shma fe’llarning har ikala qismi fe’llardan tuziladi: olib chiqmoq, sotib olmoq kabi. Bunday qo`shma fe’llarning birinchi qismi –b (-ib), -a (-y) qo`shimchasi bilan yasalgan ravishdosh shaklida keladi, tuslovchi qo`shimchalar ikkinchi qismga qo`shiladi.
Fe’l+fe’l qolipidagi qo`shma fe’llar kam miqdorni tashkil etadi.
Qo`shma fe’llarning har bir qismi o`z leksik ma’nosini saqlagan holda, birgalikda bitta murakkab harakat tushunchasini anglatadi. SHu jihatdan qo`shma fe’llar ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmalaridan (analitik shakllardan) farqlanadi, chunki bunday fe’llarda leksik ma’no uning birinchi qismi bilan ifodalanib (yetakchi qism), ikkinchi qismi esa (ko`makchi fe’l) unga (yyetakchi qism ma’nosiga) qo`shimcha modal ma’no qo`shadi: aytib ko`r, olib tur, ko`rib chiq kabi qo`shilmalarda aytib, olib, ko`rib qismi yetakchi, ko`r, tur, chiq qismlari esa ko`makchi fe’ldir.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin