3. Holli birikma. Bu xil so`z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli birikmaning tobe va hokim a’zolari o`zaro bitishuv yoki boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi: yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq. So`z birikmalari tuzilishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:
1) oddiy so`z birikmalari, 2) murakkab so`z birikmalari. Oddiy so`z birikmasi. So`zshakl bilan so`z (leksema)ning yoki ikki so`zshaklning bog`lanmasi oddiy so`z birikmasi hisoblanadi: keng dala, tekisroq yo`l, tinchlikka da’vat qilmoq, davlatlarning hamdo`stligi, maktab hovlisi. Biror qismi frazeologik ibora yoki murakkab tushunchani bildiradigan turg`un birikma bilan ifodalanadigan so`z birikmasi ham oddiy so`z birikmasiga mansub bo`ladi. Masalan: yulduzni benarvon uradigan odam, Fanlar akademiyasi institutlari kabi.
Murakkab so`z birikmasi. Bunda birikmaning qismlaridan biri yoki har ikkisi so`z birikmasi bilan ifoda etiladi. Masalan, mehnat qilishni sevadigan odam, odamlarga xayrixoh bo`lgan kishi kabi so`z birikmalarining tobe a’zosi («mehnat qilishni sevadigan», «odamlarga xayrixoh bo`lgan») so`z birikmasi shaklida qo`llanib, hokim so`zga bitishuv yo`li bilan bog`langan.
29-MA’RUZA GAP BO’LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT.BOSH BO’LAKLAR. IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR, TURLARI: ANIQLOVCHI, TO`LDIRUVCHI, ULARNING TURLARI VA IFODALANISHI. REJA:
1. Aniqlovchi sifatlovchi aniqlovchi;
qaratqich aniqlovchi;
izohlovchi.
2. To`ldiruvchi vositasiz to`ldiruvchi
vositali to`ldiruvchi
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLARI Aniqlovchi Predmet ma’nosini bildiruvchi so`zni izohlaydigan va uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo`lakka aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo`ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.