6. Mubolag`a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo`lib, ifodalangan tushunchaning ko`pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir. Mubolag`a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To`qson molning terisidan kavushi... (“Alpomish” dostonidan)
7. Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so`z turkumlari (asosan, sifatlar) qo`llanadi: Zolim jallod, bilmaganim bildirgin... (“Kuntug`mish” dostonidan)
FONETIK USLUBIYAT
1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari
1) asir, devon kabi so`zlardagi tovushlarning noto`g`ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.
2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo`g`inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so`zlarni keltirish nutqiy g`alizlikni keltirib chiqaradi: So`zlarning gapda qo`llanishi va vazifalari...
2. Urg`uning uslubiy xususiyatlari
So`z urg`usining ko`chishi shu so`z ma’nosini o`zgartirishi mumkin: yangи́ kiyim(sifat) - я́ngi damlandi (ravish). Gapda ohangning o`zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo`lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so`zidan keyin to`xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.
GRAMMATIK USLUBIYAT. MORFOLOGIK USLUBIYAT
Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Kelishik qo`shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
Kelishik qo`shimchalari o`zaro almashib qo`llanishi mumkin:
1) –ni va –dan qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) oling, mehmon.
2) –ni va –ga qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) tushunmadim.
3) –ni va –da qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim.
4) –ning va –dan qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri.
5) kelishik qo`shimchalari va ko`makchilar almashib qo`llanadi:
a) –ga qo`shimchasi o`rnida uchun ko`makchisi qo`llanadi: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim.
b) –da qo`shimchasi o`rnida bilan ko`makchisi qo`llanadi: Xatni qalamda yozdi – Xatni qalam bilan yozdi.
v) –dan qo`shimchasi o`rnida orqali ko`makchisi qo`llanadi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.
g) –ni qo`shimchasi o`rnida haqida ko`makchisi qo`llanadi: Akasi kelganini gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi.
Dostları ilə paylaş: |