O’yinning takomillashtirish istiqbollari
O’yinni rivojlantirishning eng maqbul yo’li va kasblarni tasiflashning eng optimal yo’llarini topishdan iborat. SHuningdek, o’yinni o’tkazish tartibini takomillashtirish ham lozim.
O’yin bosqichlari
Tayyorlov bosqichi: o’yindan oldin o’quvchilar “kasblar formulasi” bilan tanishtiriladi. Bunda faqat formula tushuntirilib qolmasdan, balki bir necha kasblar sinf bilan birgalikda muhokama qilinadi. Ayrim hollarda faqat sinf, balki psixolog ham ayrim bandlar bo’yicha kasbni tavsiflashda muammoga duch kelishi mumkin. Bu hollarda kasblar haqida yetarlicha maolumotga ega emaslikni tan olish lozim. Hattoki kichkina shubhalanish holatini ham bartaraf etish lozim. O’quvchilarni o’yinning ijro etishga tayyorlash kerak.
1. Sinfning oldida kasblar formulasi yoki kasblarni tahlil etish jadvali turishi lozim.
2.Guruh a’zolarining ixtiyoriga ko’ra uch kishilik Guruhchalar tashkil etiladi.
3.Umumiy yo’nalish berish: "Hozir uch kishi auditoriyadan chiqib ketadi. Ular sinfxona uchun kasblar bo’yicha topishmoq tayyorladilar va taqdim etadilar. So’ngra tashqaridagi uch kishi sinfxonaga kiradi. Sinf ahzolarining har biri 3-5 daqiqa davomida kasbning tahlil etish sxemasi bo’yicha ularni kuzatadi. 3-5 daqiqadan so’ngra topishmoqni taqdim etuvchilar guruhchalarning ahzolaridan birini tanlaydi. Tanlangan o’quvchi sinf doskasida kasbni tahlil etish bo’yicha o’zini variantini taqdim etadi.
Kasbni tahlil etish sxemasini kengaytirilgan varianti taqdim etiladi
Mazkur variant amaliy jihatdan foydalanishga mo’ljallangan.
Masalan, “matematika o’qituvchisi” kasbi quyidagicha tahlil etiladi: mehnat predmeti-odam, belgi; mehnat maqsadi-gnostik, ixtirochilik va tub o’zgarishlarga qaratilgan; mehnat vositalari - funksional; shart-sharoitlari – maishiy mikromuhit va boshqalar. SHundan keyin kasbni topuvchi har bir ishtirokchi bitta imkoniyatga ega va 1 daqiqadan so’ngra o’zining javob variantini taqdim etadi. Agar komandaning bitta variantidan bitta to’g’ri bo’lsa, komanda g’olib sanaladi.
4.Topganlar sinfxonadan tashqariga chiqadilar. Ular ham sinfdagilar uchun topishmoq taqdim etadilar.
5.Boshlovchi topishmoq taqdim etuvchilarni sinfxonaga taklif etadi Ular auditoriyaning kasblar tahlil etish sxemasi bo’yicha topishmoq sinfga taqdim etadilar.
6. Topishmoqni topish Guruhchalardan bittadan ishtirokchi tanlab olinadi..
7.So’ngra bir daqiqa davomida ular o’zlarining javob variantlarini taqdim etishlari lozim bo’ladi.
8.Ularning kasbni topgan va topmaganliklari baholanadi. Buning uchun topishmoq sifatida taqdim etilgan kasb nomi aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |