Jihoz: darsliklar.
Uslub: suhbat
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Uy vazifasini so’rash va baholash: «O’qish» kitobidagi «Hunarli kishi xor bo’lmas» hikoyasini so’rash va baholash.
Yangi mavzu: «Mehmor bo’laman» she’rini o’qish.
Orzum ulkan,
Hali bolaman.
Ulg’ayganda,
Mehmor bo’laman.
Mana, chizdim
Men bir loyiha,
Tomosha qil,
Sen ham Soliha.
Qavat-qavat,
Binolar qator,
Maktab, bog’cha
Stadion bor.
Bir tomonda
Katta xiyobon,
Dam olishga
Chorlaydi har on.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: mehmor rasmini chizish.
Uyga vazifa: SHehrni yod olish.
3.Mehnatsevarlik – bebaho boylik.
Mavzu: Mehnatsevarlik bebaho boylik.
Maqsad:
a) Ta’limiy maqsad: mehnatga oid bilimlarni shakllantirish.
b)Tarbiyaviy maqsad: mehnatni tarbiyalash
v)Rivojlantiruvchi maqsad: kasb-hunarga yo’naltirish.
g) Motivatsion maqsad: kasb-hunarga oid mustaqil xulosaga kelish
Jihoz: darsliklar, qog’oz, flamaster.
Uslub: «Pinbord»
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Uy vazifasini so’rash va baholash:takrorlash
Yangi mavzu: Mehnatsevarlik bebaho boylik.
Aziz o’quvchilar bugungi mavzuimizni «Pinbord» usuli yordamida o’rganamiz. «Mehnatsevarlik bebaho boylik» mavzusidagi munozarani quyidagi savollar orqali tezlashtiriladi:
Mehnat so’zi qanday mahnoni anglatadi?
Mehnatsevarlik qanday fazilat?
Uyda biz qanday ishlarni bajaramiz?
«Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik» maqolning mahosini toping.
Mehnat qilmaslik nimalarga olib keladi?
Mehnatga oid qanday maqolalarni bilasiz?
Mazkur savollar asosida munozara vaqtida mavzu ishlab chiqiladi. Munozara davomida shakllangan fikrlarni asosiy xulosalar ko’rinishda qog’oz varag’ida doskaga ilib qo’yadilar. Sinfdagi 2-3 o’quvchi o’rtoqlari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma’lumotni tartiblaydilar va guruhlarga quyidagicha bo’ladilar:
Mehnat kishini chiroyli qiladi.
Mehnatsevarlik kundalik hayotni chiroyli, farovon, unumli o’tkazish uchun insonga quvonch va shodlik bag’ishlaydigan fazilatdir.
Uylarni tozalaymiz, supuramiz, idishlarni yuvamiz, axlatlarni tashlaymiz, pollarni artamiz, changlarni artamiz.
Mehnat bo’lmasa, turmush ham bo’lmaydi.
Dangasalikka olib keladi.
Mehnat, mehnatning tagi rohat.
Jonivorlarga oqilona munosabatda bo’lish kerak.
Strelka, chiziq va boshqa belgilar yordamida ularning o’zaro munosabati: bir butun yoki qarama-qarshi ekanligi ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |