Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kirish Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə2/15
tarix02.01.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#42182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI

Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillika erishgandan keyingi yillarda ta’limni isloh qilish bo’yicha ko’pgina qaror va qonunlar qabul qilindi, ularda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish vazifalari ham yetarlicha o’z ifodasini topmoqda. Bunga Xalq ta’limi vazirligining 2002-yil 10-oktyabrdagi 153-sonli buyrug’i asosida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini takomillashtirishning yangi qontseptsiyasini ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Hozirgi kunda yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini amalga oshirishda bir qancha muammolarni bartaraf etishimizga to’g’ri keladi. Bizning vazifamiz kelajagimiz bo’lgan yoshlarni kasb-hunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega bo’lgan, bozor sharoitini biladigan har tomonlama tushunadigan, ma’lumotli yigit - qizlarni tayyorlash.

Bu ishlar asosan uch bosqichda olib boriladi:

1. Yoshlarga dastlabki kasb-hunar ko’nikma va malakalarini oilada, maktabda, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida amalga oshirish;

2. Maxsus mutaxassislik bo’yicha oliygohda o’qib, tajriba oshirish;

3. Olingan bilim ish joyida amaliy mashg’ulotda malaka oshirish jarayonida mustahkamlanadi.

Ongli ravishda kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi.

Hozirgi vaqtga qadar kasbga yo’naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi. Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to’g’risida ta’kidlagan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’ladi.

Hozirgi kunda bozor munosabatlarini va uzluksiz ta’limga o’tish munosabati bilan maktab yoshlarini ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur bo’lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rol’ o’ynaydi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ularning har biriga alohida-alohida yondoshishni talab etadi bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, belgilangan maqsadga erishishda qat’iylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlik. topshirilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo’lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, kasbga yo’naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini, kasbning ijtimoiy ahamiyatini, qiziqish va imkoniyatini, kasbga tayyorgarlik darajasini, oila an’analarini va ota-onalar, pedagoglar, o’rtoqlarning maslahatini hisobga olish lozim.

O’quvchilarda kasbga oid qiziqishlarning paydo bo’lishi va rivojlanishidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan maktab, mahalla va ota-onalarning birgalikdagi samarali ishlariga bog’liqdir. Ishchilar sulolasi an’analari har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ommalashtirish va targ’ib qilish kerak. Turli kasb egalari bilan suhbatlar o’tkazish yo’li bilan o’quvchilar kasb turlari bilan batafsil tanishtirib boriladi. Kasb tanlashda maktabning ota-onalar, maktab va mahalla bilan mustahkam aloqasi katta ahamiyatga ega.

Bizning maqsadimiz mustaqil davlatimiz har bir avlodni barkamol va o’z kasbining raqobatbardosh ustasi etib tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun o’quvchilarni boshlang’ich sinflardan boshlab kasblar, luraning turlari, vazifalari to’g’risida ma’xlumotlar berib borish, o’zlariga yoqqan kasbga qat’iy qiziqish hosil qilish uchun zaruriy ma’lumotlar bilan tanishtirilmog’i lozim.

Shu sababli kurs ishi mavzusini “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish metodikasi” deb nomladik




Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin