Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’quvchilarni kasb-hanarga yo’naltirishning pedagog-psixologik omillari



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə5/15
tarix02.01.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#42182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI

O’quvchilarni kasb-hanarga yo’naltirishning pedagog-psixologik omillari


Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi” Andre Maruo

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga fan-texnika yutuklarini iktisodiy sohaga tadbiq etish asosida erishish mumkin. Bu esa, o’z navbatida, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va unda ko’rsatilganidek fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro faol aloqasini ta’minlashni taqazo etadi.

Ilmiy texnik taraqqiyot natijalarini ishlab chiqarish soxasiga kirib borish ko’p jihatdan ta’lim saviyasiga, kadrlar salohiyatiga, ayniqsa, yoshlarga, ularning faolligiga, o’z kasblarini naqadar egallaganliklari darajasiga bog’liqdir. Hozirgi kunda yoshlarni kasb va hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan barkamol avlodni kasblar buyicha ongli ravishda tanlashga tayyorlash.

Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga yo’nallash yoshlarning kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni birga ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayoni uzviylikda amalga oshiriladi.



Kasb tanlashga yo’llash –yo’naltirish, ajrata bilish, belgilash xayotda to’g’ri yo’lni tanlash degan ma’noni bildiradi.

Kasb tanlashga yo’llash tushunchasi – o’quvchi yoshlarni ongli to’g’ri va erkin kasb tanlashga, kasblar, hunarlarning mehnat yo’lini to’g’ri belgilashga qaratilgan muayyan pedagogik ishni ifoda etadi.

Kasb so’zining ma’nosi – Insonlarning hunari, faoliyat turi va hayot kechirishlari uchun manba xizmatini o’tadigan mashg’ulotni bildiradi.

Kasbga yo’naltirish ishlarini moxiyati : Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashda uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoitdir.

Kasbga yo’naltirish – O’quvchining o’z ehtiyojini oqilona cheklaydigan shaxs sifatida barkamol kamolotga ketishining pedagogik jarayoni bo’lib, nafaqat pedagogik tashqi ijtimoiy bog’liq bo’lgan tafakkuri va hatti – harakatlarini ongli ravishda o’z-o’zini boshqaruvchidir.

Ushbu vositalar kasb va hunarga yo’naltirish mazmunining asosini tashkil etadi.

Kasb va kasbga yo’naltirishning nazariy shart – sharoitlari deganda, kasb va hunarga yo’naltirish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g’oyalari va tasavvurlar yig’indisidir. Bu yoshlarning shaxsiy qiziqishlari, layoqati va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur kasblarga yo’llashdir.

Muammoning muhimligi, yoshlarni kasbga yo’naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko’plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, shiforkorlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g’oyat xilma – xil sohalarda ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e’tiborini o’ziga jalb etadi. Bu borada ko’plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi muammoni to’g’ri va kompleks tarzda hal etish uchun zamin va sharoitlar yaratib beradi, albatta. Kasb va kasbga yunaltirish ishlari kuyidagi asosiy yunalishlarini uz ichiga oladi:



Kasbiy axborot yoshlarni – zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblari, xo’jalik majmuasining malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari kasb bozorining kelajakdagi rivojlanishi, kasblarni o’zlashtirishning shakllari va sharoitlari mexnat faoliyati jarayonida kasbiy malakaviy usish va o’z o’zini takomillashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirish;

Kasbiy maslahat Yoshlarning pedagogik psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari xamda jamiyatning ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbiy yo’lini tanlash bo’yicha ongli ravishda qaror qabul qilish maqsadida kasbiy o’zligini aniqlashda yordam ko’rsatish;

Kasbiy tanlash pedagogik – psixologik psixofiziologik, tibbiy tashxis asosida o’zining psixologik - fiziologik xususiyatlarga ko’proq mos bo’lgan turli kasbiy yo’nalishlar to’g’risida tavsiyalar berish:

Kasbiy saralash Insonning ma’lum kasbga tegishli me’yoriy talablariga mos ravishda kasbiy loyiqlik darajasini aniqlash.

Mehnat va kasb-hunar ta’limida o’quvchilarni kasb va hunarga yo’naltirishning quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

1. O’quvchilarni kasblar bilan tanishtirish.

2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o’qishni tavsiya etish:

3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o’tish:

4. Ishlab chikarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.

5. Mehnat ilg’orlari bilan, ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o’tkazish:

6. Mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha – mul’tmedialar ko’rsatish:

7. O’quvchilarni turli xil to’garaklarga jalb etish:

8. Kasblar o’yinini tashkil etish

9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan texnika taraqqiyoti ishlab chikarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib berish.

Kasb va kasbga yo’naltirish ko’yidagilarni o’z ichiga oladi:

2. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmunini qo’yidagilar:


  1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - I-bosqich


  2. Boshlangich kichik yoshdagi (1-4 sinflar) – II – bosqich


  3. O’rta yoshdagi (5-7 sinflar) - III - bosqich


  4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) – IV - bosqich


O’quvchilar kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni (besh ballik) ko’rsatkich va o’lchovlari.

Birinchi bosqich – Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda (katta gurux) mehnat bilan band buladigan insonlarga, ularning mashg’ulotlariga, shuningdek qo’llaridan kelidigan faoliyat turlari bo’yicha dastlabki mexnat ko’nikmalarini ijobiy, xissiy ta’sirchan shakllantirish:

Ikkinchi bosqich – Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni bilishga oid va o’yin ko’rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orkali, mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo’nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo’lgan qiziqishini shakllantirish.

Uchinchi bosqich – O’quvchilarni kasbga yo’naltirish mazmuni ulardagi qiziqish qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o’z o’rnini topishdagi hamda ma’naviy- moddiy qadriyatning izlanuvchan – sinchkov ko’rinishlarini shakllantirish:

To’rtinchi bosqich – O’quvchilarda kasbiy o’zlikni anglashni shakllantirish davri ya’ni o’quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchi javobgarlik xislatlarini shakllantirish. Shu sababdan ham mutaxassislarning har biri to’la aniq kasbga yo’naltirish sohasidagi o’z faoliyatida o’zlariga ma’lum bo’lgan metodlarga, muammoga yondoshuv usullariga hamda idrok qilish uslubi va shu kabilarga tayanadi hamda kasbga yo’naltirish metodologiyasini ishlab chiqish kasbga yo’naltirish sohasidagi bundan buyon muvoffaqiyatli ish olib borishning muhim shartidir.

Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo etishda faol qatnashishga tayyorlash lozim bo’lgan maktabning roli har qachongidan ko’ra o’sdi.

Shu munosabat bilan o’quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta’lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi maktabning vazifalaridir.



Pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar qo’yidagilar: - o’quvchilarda aniq bo’lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;

- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;

-ko’p qirrali qiziqishiga ega bo’lgan o’quvchilarda o’ziga ko’proq yoqqan sohani, to’garakni tanlashga amaliy yordam berish;

-o’quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini tarbiyalab berish;

-o’quvchilarning o’ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda ularni sekin-asta jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;

- kasbiy ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;

- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;

- o’quvchilarning o’zi qiziqadigan mehnat ta’limi yo’nalishiga jalb qilish va egallangan iqtisodiiy bilimlarni amalda qo’llashlariga erishish;

- o’quvchilarda mehnat va kasb tanlash darslariga qiziqish uyg’otish va uni oshirishda hal qiluvchi ta’sirni yuksak mahorat bilan amalga oshirish. Bu jarayoni to’g’ri tashkil etilganda shaxsning bo’lg’usi kasbiy faoliyat sube’kti sifatida shakllanishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o’quvchilarini kasb va kasbga yo’naltirishning muhimligi ancha oshdi.

O’quvchilarni to’g’ri va erkin kasb tanlashga yo’naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biridir. To’g’ri kasb tanlash insonning kelajagini hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o’z qiziqishi, qobiliyati va insoniyatlari nuqtai nazaridan tanlaydi (1 – shakl) da ifodalangan.



Kasbni to’g’ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvofaqqiyat ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g’ri tanlashiga bog’liq.

Kasb tanlashda o’quvchilarga bir qator omillar ta’sir etadi.



Qiziqish – bu voqelikdagi predmetlar va va hodisalarning bilish yo’nalishini belgilaydigan, biror narsaga berilish, qoniqish tuyg’usi orqali uyg’onadigan faoliyati tushuniladi.

Qobiliyat – Qaysi bir faoliyatni muvoffaqiyatli bajarishga ta’lluqli bo’lgan va bilimlar, malakalarni egallashning tezkorligini yengilligini izohlab beradigan xususiyatdir.

Idrok – Mazkur muddatda sezgi organlarining yoki bir butun xodisalarning inson ongidan aks etishidir.

Xarakter - Xatti harakatlarning sifat jihatlarining o’ziga xosligini, mustahkamligini ko’rsatib turadigan, maxsus munosabatlarni paydo bo’lish jarayonida o’zining izini qoldiradigan xususiyatlari majmuasidir.

Tafakkur - Bilish, anglashning yuqori shakli bo’lib o’zida obe’tiv dunyodagi xodisalar bilan narsalar o’rtasidagi munosabatlarni namoyon etishdir.

Bilish - Dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan sub’ekt va ob’ektning o’zaro ta’sirini, voqelikning ruhiyatida qayta ta’sir etilishi hamda aks ettirish jarayonidir.

Erk - O’z oldiga maqsadlarni qo’yish va qabul qilish bilan, shu bilan birga, ularni hal etish, amalga oshirish yo’lida ichki va tashqi to’sqinliklarni yengib o’tishdir.

Hozirda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda pedagogik-psixologik va umumtexnik va kasb ta’limi mutaxassilari olib borayotgan ishlar salmoqli o’ringa ega. Darhaqiqat, o’quvchi yoshlarning kasbiy bilimlarini va ko’nikmalarini shakllantirish, ularga to’g’ri yo’nalish berish kasb hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar, pedagog-psixolog tomonidan boshqarilib kelinmoqda. Qo’yida pedagogik-psixologik va umukasbiy tayyorgarligiga to’xtalib o’tmoqchimiz.

Jumladan:

Birinchidan -o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltiruvchi va pedagog-psixologlarni hamda umumtexnik va kasbiy ta’lim mutaxassislarni malakasini va saviyasini oshirib borsak, ularga qayta tayyorlov o’quv kursi va semenarlar tashkil qilib amaliy yordam berib, ularning moddiy ehtiyojlarini qondirilishi;


Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin