Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə6/15
tarix02.01.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#42182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI

Ikkinchidan–o’quvchilarni kasb-hunarga qiziqishlarini, moyilliklarini kuchaytirish maqsadida har xil kasb hunar navatorlari bilan davra suhbatlari, baxs-munozaralar, hunarmandlar maydoniga sayohatdan foydalanganda ham mahorat bilan foydalanishi;

Uchinchidan - o’quvchilarni kasb - hunarga yo’naltirishda mahalla va ota-onalarning roli juda kattadir. Buning uchun sinf rahbarlari bilan ota-onalar hamkorlikda har oyda bir marta “Kasbiy maslahatlar kuni”ni tashkil etib, ular bilan turli kasb-hunarlarga tayyorlashda muammo va yechimlar davra suhbatlarini o’tkazish.

To’rtinchidan – bir necha yillar davomida halol mehnat bilan elga tanilgan xalq hunarmandlari va mehnat faxriylari bilan “Mehnat, mehnatning tagi rohat”, “Mehnat-baxt keltiruvchi omil”, “Kasb-u kamol xusn-u jamol” kabi mavzularda uchrashuvlarni tashkil etish.

O’quvchi 9-sinfga borganidan yakuniy psixolog-pedagog va kasbiy tashxisidan o’tkazilib, uning «Tashxis xaritasi» asosida aniqlangan qiziqishi, moyillik va layoqadlar tizimi tahlil etilib, o’quvchining eng so’nggi kasbiy yo’nalishi aniqlanadi va makabda tashkil etilgan tavsiyanomalar berish bo’yicha hududiy komissiya qaroriga asosan o’quvchiga akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlariga yo’naltiruvchi tavsiyanoma beriladi. Maktabda tashkil etilgan hududiy komissiyaning raisi maktab direktorii hisoblanadi.

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, kasb-hunar kollejlari, mahalla fuqarolari yig’inlarining o’zaro hamjihatligi juda katta ahamiyat kasb etadi.

Boshlang’ich sinflarda maktab ma’muriyati bilan birgalikda noan’anaviy sayohat darslarini tashkil etib o’quvchilarni har xil sohaviy kollej, korxona, faoliyati, yo’nalishi va hayoti bilan tanishtirishi, u yerda ilg’or ishchilar bilan har-xil mavzularda uchrashuvlar o’tkazishlari lozim.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi psixolog va fan o’qituvchilari o’zviy muloqotda ish olib borishlari talabga muvofikdir. Masalan: mehnat ta’limi darsida o’quvchi o’zi qiziqadigan yoki layoqati bor kasbini to’la namoyon eta oladi, hamda u dars davomida «Duradgorlik», «Pazandachilik va oshpazlik», «Tikuvchilik va bichuvchi» shuningdek, matematika darsidan hisobchi, ona tili va odobnoma darsida «tarbiyachi-muallim pedagog» kasbiga moyilligi borligini ko’ramiz. Ayni vaqtda shu dars muallimi sinf rahbari o’quvchiga kasb madaniyati bilan birga tashxis berib borishi kerak.

Maktab ota-onalar yig’ilishi kasb-hunar xodimlar bilan birgalikda olib borishlari maqsadga muvofiq. Chunki, o’quvchi ota-onasi hamkorligida kasblar xaqida axborot oladi va uni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Oiladagi o’zaro hamkorlik to’la holda kasbni tanlash imkoniyatini yaratib bersagina shunda o’quvchida kasb-hunarga moyilligi paydo bo’ladi.

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish o’zviyligi mamlakatimizdagi yangi ta’lim tizimini isloh etishda o’z samarasini beradi. SHu bilan birga biz kelajak avlodni hayotda o’z o’rnini topishga, vatanimizning ravnaqini yanada oshirishga hissa qo’shgan bo’lamiz.



Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin