1. Hunarli kishi xor bo’lmas.
Mavzu: Hunarli kishi xor bo’lmas.
Maqsad:
a) Ta’limiy maqsad: mehnatga oid bilimlarni shakllantirish.
b)Tarbiyaviy maqsad: mehnatni tarbiyalash
v)Rivojlantiruvchi maqsad: kasb-hunarga yo’naltirish.
g) Motivatsion maqsad: kasb-hunarga oid mustaqil xulosaga kelish
Jihoz: darsliklar, qog’oz, flamaster, mavzuga oid rasmlar.
Uslub: «Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash»
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Uy vazifasini so’rash va baholash: «O’qish» darsligidagi «Hunarli kishi xor bo’lmas» mavzularini so’rash va baholash.
Yangi mavzu: Hunarli kishi xor bo’lmas.
Aziz o’quvchilar bugungi mavzuimizni «Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash» usuli yordamida o’rganamiz. Sinf o’quvchilari 4-5 o’quvchidan iborat guruhlarga bo’linadi va ular oldiga qo’yilgan muammo «Hunarli kishi xor bo’lmas» mazmunida topshiriqlar, rasmlar, asosida quyidagi topshiriqlarni oladi:
- Podshining o’g’li;
- Shahzodaning hunar o’rganishi;
- Shahzodaning ovga chiqishi;
- Shahzodaning xavf-xatardan qutulishi.
Har bir guruh topshiriqni 3 daqiqa davomida bajarishadi, muammoga oid materiallarni topib, suratlarni qirqib va plakatga yelimlaydi va matnni sharhlaydi. Har bir guruh hisobot beradi. Boshqa guruh o’quvchilari savollar berishadi va ishni baholashadi. Mavzu umumlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |