Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishga oid tadbirlar



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə7/15
tarix02.01.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#42182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI

Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishga oid tadbirlar

Respublikamiz mustaqilikka erishganidan so’ng hukumatimiz xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Hozirgi kunda maktablarda, xususan mehnat ta’limi darslari, mashg’ulotlarida, to’garaklarda «ustoz» va «shogird» an’analari tiklanib, davom etmoqda.

Kuzatishlarimizda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pgina o’quvchilar naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi, misgarlik kabi xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga xayrihohdirlar. SHuning uchun ular darslarda amaliy mashg’ulot paytlarida xalqimizning nodir hunarmandlari bilan bog’liq bo’lgan savollar beradilar. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktabning mehnat ta’limi to’garagida milliy amaliy sanhat va xalq hunarmandchiligi sohalari o’rgatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Sinfdan tashqari sharoitda olib boriladigan ishlar o’quvchilarning qiziqishi, xohish va istaklari asosida tuzilsa qo’yidagi natijalar qo’lga kirtiladi:

- o’quvchilarning ahloqiy sifatlari boyiydi, ularning tafakkur darajasi kengayadi, ularda ma’lum kasb-hunar asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi;

- o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi yuzaga keladi;

- o’quvchi – yoshlarning dunyo qarashi kengayib, ularda ijodiy mehnat qilish tuyg’usi tarbiyalanadi.

- o’quvchilarda shaxsiy ehtiyoji va qiziqishlari borasidagi, shuningdek, jamiyat

talablariga javob bera oladigan kasblarni tanlash istagi yuzaga keladi.

Sinfdan tashqari sharoitda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari qo’yidagi talablar asosida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:

- sinfdan tashqarii to’garak ishlarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda, o’quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, hohishi, yosh xususiyatlari, ijtimoiy tayyorgarlik darajasi hamda tajribasi hisobga olinishi zarur;

- sinfdan tashqari sharoitda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish to’garak ishlarini tashkil etishda ularning mustaqil faoliyat yuritishlari, ijodiy fikrlashlariga erishish muhim;

- o’quvchilar tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlarini alohida qayd etib borish, ularni rag’barlantirish hamda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishlari uchun imkoniyat yaratishga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.

Dunyodagi kasblar, hunarlar, ularning sir asrorlari bilan tanishtirish, qadim ota-bobolarimiz shug’ullangan turli xil hunarmandchilik naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, beshikchilik, pichoqchilik, miskorlik, kashtachilik, etikdo’zlik, do’ppi tikish, zardo’zlik, gilamchilik, kosibchilik, to’quvchilik, zargarlik, kulolchilik kabi kasb hunarlar bilan tanishtirish mehnat darslarida va sinfdan tashqari ishlarda kasb tanlashga yo’llash amalga oshiriladi.

Kasbga yo’naltirish zamon bilan ham nafas olib borilishi zarur. SHu sababdan o’quvchilarni kasb – hunarga to’g’ri yo’naltirish bilimlarni chuqurroq berish, nazariya bilan amaliyot uzviyligini ta’minlash ularni ilm hunarga ishtiyoqmandligini, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashimiz zarur. O’quvchilarda kasbga bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun uni vujudga keltirgan muhit va sharoitni aniq bilish lozim. Bu sharoitlar qo’yidagilardir:


  • Kasbiy ma’lumotlarni yetarlicha berib borish:


  • Kasbga yo’naltiruvchilar: ota-ona, fan o’qituvchilari, sinf rahbarlarining ish o’z so’ziga munosib bo’lgandagina o’quvchining sevgan kasbiga chuqurroq bog’lanishini e’tiborga olish.


  • Maktab, oila, mahalla, kasb - hunar kollejlari, tashxis markazlarining faoliyatini kuchaytirish:


  • “Kim bo’lishni istayman”, “Nima uchun shu kasbni tanladim?” savollariga javob izlash unga yangi innovatsion texnolgiyalardan foydalanish:


  • Kasb tanlashga qiynalayotgan va ikkilanayotgan o’quvchilar bilan indvidual tarzda ishlash.


  • Umum texnika va kasbiy fan to’garaklari faoliyatini ildam rivojlantirish:


Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarining kasbga bo’lgan qiziqishi va moyilliklarini yanada rivojlantirish maqsadida turli to’garaklar uyushtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

To’garakda xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni tashkil etishda va o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

1. O’quvchilarning xalq hunarmandchiligining qaysi sohasiga qiziqishini aniqlash.

2. Amaliy mashg’ulot uchun sharoit yaratish, kerakli asbob-uskuna va adabiyotlarni ta’minlash.

3. To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga xalq hunarmandchiligiga oid nazariy ma’lumotlarni berib borish.

4. Mashg’ulotlar davomida «Ustoz» va «SHogird» munosabatlari va muomila madaniyatini singdirib borish.

5. Amaliy ishlarning ko’proq nusxada tayyorlanishiga imkoniyat yaratish. Bunda maktabga tayyorlangan ishlar kelgusi sinflar qiziqishi, oila uchun tayyorlangan nusxalar maktab bilan aloqani vujudga keltirish, sotuv uchun tayyorlangan namunalar moddiy manfaatdorlikni yaratishga olib keladi.

6. To’garak a’zolari tayyorlagan juva, sandiqcha, eshik, darvoza, turli xil narsalar qo’yish uchun taglik va shunaga o’xshash hunarmandchilik buyumlarini sotishni yo’lga qo’yish.

7. Savdodan tushgan daromadni taqsimlash va sarflashni o’rgatib borish. O’quvchilarni mehnat ta’limi darslarida olgan bilim, ko’nikma va malakalarini darsdan so’ng to’garak mashg’ulotlarida qo’llaydilar. Ular to’garak mashg’ulotlarida erkin ijod qiladilar, turli xil buyumlar tayyorlashga intiladilar.

Kasb hunarga yo’naltirishni kuchaytirish jarayonini takomillashtirish masalalarini yoritish uchun o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarii mashg’ulotlarda amalga oshirilayotgan kasb tanlash ishlari tashkiliy shakli va mazmuni bo’yicha xilma-xildir. Maktab o’quvchilarining kasb-hunarga qiziqishlarini tarbiyalash shakllariga alohida to’xtalib o’tish kerak.

Ekskursiyalar, olimpiadalar, ko’rik-tanlovlar ommaviy tavsifga ega bo’lib, o’quvchilarning duneqarashini kengaytirishga ijodiy mehnat qilish hissini uyg’otishga, chuqur va turg’un o’quv va kasbiy qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan muhim vositalardir.

O’quvchilarning turli kasb-hunar asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta’limning asosiy shakli hisoblangan dars bu boradagi vazifalarining barchasini hal eta olmaydi. SHunday ekan, o’quvchilarni kasb tanlash, kasb-hunar asoslarini o’rganishga yo’naltirish maktabdan tashqari o’quv ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ommaviy axborotlar katta ahamiyatga ega. Ushbu faoliyatlarda o’quvchi-yoshlarning vaqtini to’g’ri tashkil qilish, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilishi bilan birga ularning dars jarayonida o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish va amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini qaror toptiruvchi jarayon sanaladi.

O’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga asoslarini o’rganishga qiziqtirish va ma’lum kasb (yoki hunar) yo’nalishi bo’yicha mustaqil faoliyat olib borishga tayyorlashda turli kasb egalari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvlar, turli kasblar va ularni mohiyatini yorituvchi badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar ko’rgazmasini tashkil etish, mehnat faxriylari va qahramonlarining hayoti va faoliyati to’g’risida hikoya qiluvchi materiallarni jamoa asosida o’rganish, bu boradagi sanhat asarlari (kinofilhm, teatr va h.k.) bilan tanishtirishni yo’lga qo’yish samarali omil bo’la oladi. Nihoyat o’quvchilardan so’rash ko’rsatganidek bu sohada ommaviy axborot vositalari: vaqtli matbuot, radio, televidinie katta rolь o’ynaydi

Ota – bobolarimizning ming asrlar davomida to’plagan tajribalariga asoslanadigan bo’lsak, farzandlarimizga avval hunar o’rgatish, keyin ta’lim berish lozimligini aytganlar. Rivoyatlarda aytishlaricha, bir kishi farzandini madarasaga olib boribdi. Ota domlaga qarab: «U hali yosh-ku, hunari yo’q», - deb javob beribdi, shunda domla: «Avval o’g’lingiz hunar o’rgansin, keyin ilm o’rgataman», - degan ekan.

Hozirgi kunda maktab ta’limi o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri mehnat ta’lim-tarbiyasi jarayonida o’quvchilarga hunar o’rgatishning milliy, anhanaviy asoslarini ishlab chiqarish ularni amaliyotga tadbiq etishdir.

Buning uchun avvalambor: «Hunar nima»? «Hunar, hunarmand, hunarmandchilik deganda nimani tushunasiz»? – degan savollarga javob berishingizga to’g’ri keladi.

Hunar – insonning muayyan tayyorgarlikni talab etadigan va tirikchilik manbai bo’lgan mehnat faoliyatidir.

Hunarli – biror hunarni puxta egallagan shaxs.

Hunarmand – biror hunar turi bilan shug’ullanuvchi usta.

Hunarmandchilikning asosiy belgilari: biror ishning oddiy mehnat qurollari yordamida bajarilishi va ishlab chiqarishning yakka tartibdaligidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga kasb-hunar tushunchalarini shakllantirishga oid dars ishlanmalari


Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin