Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’yinning muhokama qilish



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə14/15
tarix02.01.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#42182
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI

O’yinning muhokama qilish. Boshlovchi kasbni tahlil etish sxemasining har bir bandi bo’yicha sinf bilan birgalikda doskada yozilgan uchta variantning to’g’ri va noto’g’ri javoblarini aniqlaydi.

1-ilova

Kasbni tahlil etish sxemasi

1.Mehnat predmeti: tabiat, texnika, odam, belgilar, badiiy obraz.

2.Mehnat maqsadi: bilish (baholash, tub o’zgarish qiluvchi, izlanuvchanlik (tadqiqotchilik).

3.Mehnat vositasi: qo’l, mexanik, avtomatik, funksional (nutq, mimika, jismoniy ) , nazariy (bilim).

4.Mehnat shart-sharoiti: maoshiy mikromuhit, noodatiy muhitlar (sex, magazin), ekstremal (suv osti, shaxta), ochiq havo.

5.Mehnatni tashkil etish: aniq tartib-qoidaga asosan, odatiy munosabatlar bo’yicha: boshliq-xodim, nisbiy mustaqil.

6.Mehnat jarayonidagi muloqot: individual (mijoz bilan), Guruhda ishlash, katta jamoa va auditoriyalar bilan ishlash.

7.Mehnatga mas’uliyatini belgilovchi: moddiy, axloqiy, inson hayoti va salomatligiga daxldorlik.

8.Harakatlanish xarakteri: o’tirib ishlash, tik turib ishlash, doimiy harakatda ishlash.

9.Salomatligiga qo’yiladigan talablar: yuqori, me’yorda, barchasini amaliy bajarish.

10.Kasbga nisbatan jamiyatning ehtiyoji: talab bor, talab etilmaydi, ish topish qiyin.

11.Kasb xususiyatlari: imtiyozlarga ega (qanday?), barvaqt nafaqaga chiqish, taotillarga borish, qiziqtiruvchi imkoniyatlari (mehnat mehnatsiz daromad olish imkoniyati) va boshqalar.

12.Kasbni egallash: maolumot talab etilmaydi, ishlab chiqarish o’quvchisi, maxsus kurslarni, kasb-hunar kolleji, oliy o’quv yurti aspirantura, doktorantura, akademiya tamomlash.


  • 2-3 ta kasblarni tahlil etilgandan so’ngra murakkab hollarda o’yin to’xtatiladi.




Xulosa

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kasb-hunar tushunchalarini shakllantirish, ularni kasb-hunar tanlashga yo’llash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammo. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash g’oyat muhim vazifadir.

Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash muammosi umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarida katta o’rin tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”, “Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir yigit va qiz uchun asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan chaqqonligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma bu maktabdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini mustaqil holda bilish (Inson tabiati, inson texnika, inson badiy timsol, inson belgilar tizimi), tanlayotgan kasbning talablarini o’z shaxsiy sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi qobilyati, salomatligi tanlanayotgan kasbga muvofiqligini, to’g’ri baholash ko’nikmalari shakllanishi lozim. Uslubchining kasb tanlashga yo’llashdagi vazifasi – har bir o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, ehtiyojlari, atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.

Bu maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o’qituvchi:

- o’quvchilarga “kasb” tushunchasining mahnosini yoritib berish, ularni kasblarning klassifikatsiyalari bilan tanishtirish;

- o’quvchilar “kasbiy qiziqish”, “mayllik” tushunchalari bilan tanishtirish;

- o’quvchilarni kasb tanlashga asosan o’quv va ijtimoiy – mehnat uyushmasiga nisbatan ongli yondoshishga erishish;

- o’quvchilarga kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish zarurligini tushuntirish;

- o’quvchilarga “Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini ochib berish, kasb tanlashga mulohaza bilan yondoshishni shakllantirish;

- qobiliyatlarni kasb tanlashdagi ahamiyatini tushuntirish, umumiy va alohida qobiliyatlar haqida tasavvur hosil qilish;

- har bir o’quvchiga tanlangan kasbini egallashi uchun amaliy yordam ko’rsatishi, unda ijtimoiy – mehnat uyushmasiga ijodiiy yondoshishni rivojlantirish.

Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar, vazifalar, manbalar yosh avlodni ongli ravishda kasb-hunar tanlashga yo’nallash yoshlarning kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qo’llash lozim. Bu tizim boshlang’ich ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonida uzviylikda amalga oshiriladi.

Bizning vazifamiz kelajagimiz bo’lgan o’quvchilarni kasb-hunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega bo’lgan, bozor sharoitini biladigan har tomonlama tushunadigan, ma’lumotli yigit - qizlarni tayyorlash.

“Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi hulq fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak”. Abu Nosir Farobiy





Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin