Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari Bajardi: 402 – guruh talabasi Eminova Zarifa Tekshirdi: Z



Yüklə 116,24 Kb.
səhifə2/10
tarix13.06.2023
ölçüsü116,24 Kb.
#129610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari

Doniyolbiy (1758-1785) - mang’itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimning katta amakisi. 1758 y. 24 martda Muhammad Rahim vafotidan so’ng uning o’g’illari bo’lmagani uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi Foziltura o’tqazilgan, Miyonkol hokimi bo’lgan Donyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi bo’lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burqut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko’tarib, 10 ming yigitni qurollantirib Buxoro tomon yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Donyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga ko’ra, Fozilturani taxtdan tushirib, o’rniga ashtarxoniy shahzodalardan bo’lgan Abulg’ozi xonlik taxtiga o’tqazilgan (1758— 85). Donyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab qolgan. Donyolbiy otaliq davrida ham o’zaro urushlar davom etib, Karmana, O’ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh kutarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781 yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimi tuzishni taklif etganida Donyolbiy bu bitimni 92 o’zbek qabilasi boshliklari roziligi siz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Donyolbiy davrida Buxoro amirligidagi siyosiy markazlashuv darajasi Muxammad Rahim davridan ancha past bo’lganidan darak beradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahar aholisining noroziligiga sabab bo’lgan. Bundan tashqari Donyolbiy qo’shin ta’minoti uchun ko’plab qo’shimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini o’ziga qarshi qaratib qo’ygandi. 1784 y. Buxoroda qo’zg’olon ko’tarilib, unda mingga yaqin kishi o’ldirilgan. Donyolbiy hokimiyatni shaharliklar orasida obro’-e’tibori baland bo’lgan o’g’li Shohmurod (1785—1800) ga topshirishga majbur bo’lgan. Buxoro xonligini birlashtirish va markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan. Shohmurod Donyolbiy joriy etgan soliqlarni bekor qilgan. Mang’itlardan bo’lgan buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: «Donyolbiy saxiy va muruvvatli xokim sifatida mashhur bo’lgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning ko’zini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan». Donyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, otaliq unvoni bilan qanoatlangan.


Yüklə 116,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin