Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari
Madaniyat sohasi boshqaruv tizimi va xokimiyatning ojizligi orqasida u zamon talabiga monand ravishda rivojlanmadi. Hatto Amir Temur va Temuriylar davridagi madaniyat yutuqlari barbod qilindi. To’g’ri, mad-rasalar qurildi, lekin ularda, asosan, fors va arab tillari, diniy ta’limotlar o’qitildi. Dunyoviy fanlarga deyarli ahamiyat berilmadi. Ulugbekning mashhur rasadxonasi yer qa’riga kumilib ketdi. Ko’prok diniy va tarixiy asarlar yozildi. Ko’p shoirlar ham yetishib chiqqan. Bu borada Muhammad Solixning «SHayboniynoma», Kamoliddin Binoiyning ham shu nomdagi asarlarini ko’rsatish mumkin. Fazlullox ibn Ro’zbexon «Mexmonnomayi Buxoro» va Zayniddin Vosifiy «Badoe’ ul-vaqoe’» nomli asarlarni yozdilar. Sufi Olloyor, Muhammad Balxiy, Sayid Kamol (Fitrat), Sayido Nasafiy, Turdi va boshqalar 100 dan ortiq shoirlar ijod qildilar. Bundan tashqari, Mirza Sodiq Munshiyning «Mang’it hukmdorlarining tarixi», Maxmud bin Valiyning «Baxrul asror fi manoqib al-axyor», Muhammad Yusufning «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad Aminning «Ubaydullanoma» va boshqa asarlar yozildi. XVI—XVIIalarda Buxoro miniatyura maktabi qaror topgan. 18-a. o’rtalarida Buxoro saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiy faoliyatida «Shashmaqom» shakllangan.

Bu davrda, me’morchilik san’atining bir qancha namunalari yaratildi. Umumiy xulosa shuki, XVI— XIX-asrning 60-yillarida Buxoro xonligida o’rta asr boshqaruv tizimining saqlanishi ichki va tashqi urushlar, qo’shinning zaifligi, diniy fanatizmning avj olishi, fan va madaniyatdagi turg’unlik mamlakatni chuqur inkirozga yo’liqtirdi. Bu holatdan foydalangan podsho Rossiyasi Buxoro xonligini bosib oldi. Amir Muzaffar Toshkent muzofotini egallagan ruslar ustiga yurish qildi. Biroq buxoroliklar qo’shini yaxshi qurollanmagan, askarlarning aksariyati harbiy tayyorgarlikdan o’tmagan edi. 1866 yil 8 mayda Yerjar manzilida (hozirgi Janubiy Qozog’iston viloyati hududi) bo’lgan jangda Buxoro askarlari yengilgan va orqaga chekingan. Ushbu jangda amir Mo’zaffar o’zining harbiy layoqatsizligini namoyon qildi. Podsho Rossiyasi qo’shinlari 1866 yil 24 mayda Xo’jand shahri va Nav qal’asining 2 oktyabrda O’ratepani, 18 oktyabrda Jizzaxni bosib oldilar. Chorizm butun diqqat-e’tiborini Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi hududini tezroq bosib olishga qaratdi.