Mo’zaffar (1860.23.9-1885.13.12. Mang’itlardan Nasrullaxonning o’g’li. Otasi davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulla vafotidan so’ng, Buxoro taxtiga o’tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga kaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamayotgan Hisor, SHaxrisabz, Darvoz, Ko’lob, Baljuvon bekliklari va Qo’qon

ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863—65). Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qo’kon xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861).
Abdulahad (1885-1910) Buxoro amiri Mang’itlardan. Amir Muzaffarning o’g’li. Abdulahad davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta’sis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonligini xom ashyo bazasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko’prik qurdi, Chorjo’y-Samarqand temir yo’l o’tqazdi. (1900—1901). Shuningdek Abdulahad davrida jadidchilik harakati kuchaydi.
Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana — 1944.28.4, Kobul)
— Buxoro amiri (1910—20), mang’itlardan. Amir Abdulahadning o’g’li.
Peterburgdagi Nikolaev kadet korpusida ta’lim olgan (1893— 96). 1898 y. Qarshi, so’ngra valiaxd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo’lgan. Otasi vafotidan so’ng, Buxoro taxtiga o’tirgan (1910 i. 24 dek.).
Olimxon Ko’lob, Hisor va Dushanba atrofida katta mikdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo’lgan. 1920 y. noyab. oyining o’rtalarida uning ko’shinlari Boysun, Darband, SHerobodni qizil askarlardan ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Fargonadan yordamga yuborilgan 4000 yigit xam SHarqiy Buxoroga yetib keladi. 1921 y. 8 yanv.da Olimxon qo’shinining miqdori 25000 kishiga yetgan. Hisordan Ko’lob viloyatiga kelgan Olimxon butun qo’shinlariga Ibrohimbekni Oliy bosh qo’mondon (o’rinbosarlar: SHarqiy Buxoroda — Davlatmandbek va G’arbiy Buxoroda — Mulla Abdulqahhor) qilib tayinlaydi.
Biroq, bir qator janglarda mag’lubiyatga uchragach, Olimxon Amu-daryoning CHubek kechuvidan Afgonistonga o’tib ketgan (1921 i. 4 mart).