Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari Bajardi: 402 – guruh talabasi Eminova Zarifa Tekshirdi: Z



Yüklə 116,24 Kb.
səhifə4/10
tarix13.06.2023
ölçüsü116,24 Kb.
#129610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxoro amirligi (Mang’itlar sulolasi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari

Keyingi Mang’it xukmdorlari: Shohmurod (1785-1800), Muhammad Doniyolbiy otaliqning o’g’li. Shohmurod otasi vafot etgach, uning «amir-ul umaro» unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida o’tirgan chingiziy Abulg’ozixonni hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qilgan (1785 y. 9 iyunь). O’nta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan.

  • Keyingi Mang’it xukmdorlari: Shohmurod (1785-1800), Muhammad Doniyolbiy otaliqning o’g’li. Shohmurod otasi vafot etgach, uning «amir-ul umaro» unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida o’tirgan chingiziy Abulg’ozixonni hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qilgan (1785 y. 9 iyunь). O’nta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan.
  • Shohmurod faol ichki va tashqi siyosat olib borgan. Shohmurod pul islohoti o’tkazib, sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Zamondoshlari va kelajak tarixchilari Shohmurodni «Amiri ma’sum» («Begunoh amir») va «Umari soniy» («Ikkinchi Umar»), «g’oziy» unvonlari bilan tilga olishadi. Shohmurod Marv, Balx va boshqa hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida uning qo’shinlari g’olib chiqqan, Marv, Balx, Maymana va Andxuy Buxoroga qaytarilgan. Shohmurod Usmonli turk sultonligi va Rossiyaga bir necha marta elchilar jo’natgan. Shohmurod tasavvuf g’oyalari bilan sug’orilgan «Ayn fihikmat» («Donishmandlik asoslari») asarini yozgan, hanafiya mazhabiga doir «Fatava-yi ahli Buxoro» («Buxoro ahliga fatvolar») to’plamini tuzgan.
  • Shohmurod davrida Buxoro va Samarqandda ko’plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta e’tibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arig’i, To’g’uzariq), Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sug’orish inshootlari qurilgan. Shohmurodning o’zi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Shohmurod shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini ko’chirib keltirgan. G’uzorda Madrasa va masjid qurdirgan. Shuningdek, Shohmurod hukmronligi yillarida Doniyolbiy davrida boshlangan Xalifa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Shohmurod Jo’ybordagi Eshoni Imlo qabristonida piri Shayx Safar qabri oldida dafn etilgan.
  • Buxoro amirligi monarxiya boshqaruv tizimiga asoslangan (ilova № 1 ga qarang) bo’lib, davlat boshida amir turgan, viloyatlarni beklar va amlokdorlar boshqargan va ular o’z navbatida amirga buysungan. Mamlakatda davlat boshqaruvi to’laligicha shariat konunlari asosiga qurilgan edi. Davlat boshqaruvi idoralari markaziy va maxalliy tizimlardan tashqil topgan. Mahalliy boshqaruvda viloyatlarni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan, bekliklar o’z o’rnida amlokliklarga bo’lingan. amlokliklar o’z tarkibiga bir necha qishloqlarni qamrab olgan. Amlokdorlar bek tomonidan tayinlangan. qishloqlarni esa qishloq oqsoqollari boshqargan.

Yüklə 116,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin