Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини
Har bir futbolchida iroda sifatlari rivojlangan bo’lishi lozim.
Iroda sifatlarining rivojlanishi jismoniy, texnik, taktik, nazariy tayyorgarliklar bilan bog’liq. Iroda sifatlari o’yin holatiga mos mashqlar uzluksiz ravishda bajarilganda tarbiyalanadi. O’z kuchiga ishonchni tarbiya-lash, mas’uliyatni sezish, maqsad va vazifalarni tushuntirish, murabbiyning talabchanligi, kundalik o’z - o’zini nazorat qilish – bularning barchasi iroda sifatlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida texnik usullar va taktik harakatlarga o’rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi. Maqsadga muvofiq texnikaning barcha tomonlarini biomexanika qonunlaridan foydalanish asosida va shug’ullanuvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda puxta o’zlashtirish o’yin faoliyatining murakkab sharoitlarida texni-kaning muvaffaqiyatli qo’llanishini oldindan belgilab beradi. Mukammal o’yin ko’nikmalarining shakllanishi yosh futbolchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarligiga asoslanadi.
Yosh futbolchilarni o’qitish va ularning malakalarini takomillashti-rish bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o’yin, musobaqa uslublari, ko’rsatmalilikni ta’minlash, og’zaki nutqdan foydalanish, xatolarni tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslub-lar bir-biri bilan yaqindan bog’liq holda qo’llaniladi. Biroq ulardan foydalanishning foizli nisbati ko’pgina omillarga: o’qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug’ullanuvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’quv - mashg’ulotlarida o’qitish jarayonining tuzilishi.
Alohida texnik usul va taktik harakatni o’rganish quyidagi bosqich-larga ajratiladi:
– dastlabki o’rganish;
– chuqur o’rganish;
– mustahkamlash va yanada takomillashtirish.
Har bir bosqich bir qator xususiyatlarga ega bo’lib, shu xususiyatlarni hisobga olgan holda konkret vazifalar qo’yiladi va o’qitish (o’rgatish) ning ratsional uslubikasi tanlanadi.
Dastlabki o’rganish. Bu bosqichning asosiy maqsadi o’rgatilayotgan usul yoki harakat asoslarini o’zlashtirib olish.
Aniq bir harakatni uning asosiy variantida bajarish ko’nikmalarini shakllantirishdagi dastlabki urinishlar bosh miya qobig’ida dinamik stereotip hosil qilishga qaratilgan va bosh miya qobig’idagi nerv jarayon-larining irradiatsiyasi bilan xarakterlanadi. Bolalarda ichki tormozlanish yetarlicha rivojlanmagan bo’ladi. Bularning hammasi ko’pincha o’rganilayotgan harakatning kinematik va dinamik xarakteristikalarining noaniq esga tushirilishiga, uning ritmining beqarorligiga. Kerak bo’lmagan qo’shimcha harakatlarga sabab bo’ladi.
Mazkur bosqichni asosiy vazifasi shug’ullanuvchilarda bajarilayotgan harakat va shu harakat asosiy elementlarining yaxlit tasavvurini (ko’rish orqali) va harakat sezgisini paydo qilish, harakat ko’nikmalarini shakllantirish xususiyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi.
Harakatni dastlabki o’rganish u bilan tanishishdan boshlanadi. Bunga uslublar kompleksi yordamida erishiladi. Og’zaki tushuntirish, ko’rsatish va mashq uslublaridan foydalaniladi.
Og’zaki tushuntirishda harakatning aniq terminologik nomi beriladi, uning ahamiyati va o’yin sharoitlarida qo’llaniladigan o’rni haqidagi ma’lumotlar aytiladi, bajarish printsiplari tushuntiriladi. Bolalar diqqat-e’tiborining beqarorligi, hajmi esa kichikligi sababli tushunti-rish aniq, qisqa va obrazli bo’lishi kerak.
Ikkinchi signal sistemasi orqali hosil qilinadigan ko’ruv tasavvurlari ko’rsatmalilikni ta’minlash uslublaridan foydalanish bilan to’ldiriladi. Bular birinchi signal tizimi orqali ta’sir etib, o’rganilayotgan harakatlarning konkret obrazlarini hosil qilishga yordam beradi. Bevosita namoyish qilish (ko’rsatish) ko’rsatmalilikni ta’minlash-ning asosiy uslubidir. Namoyish qilish faqat tashqi formasi bo’yichagina namunali bo’lishi kerak emas. Harakatning muvaqqat, fazoviy va kuch xarakteristikalarini optimal ravishda qayta esga olib boriladi. Bu esa harakatning tez va puxta idrok qilinishini ta’minlaydi.
Harakat sezgilarini hosil qilish uchun mashq uslublaridan foydala-niladi. O’rganilayotgan harakat nisbatan doimiy va soddalashtirilgan sharoitda esga tushiriladi. Futbol o’yini texnikasi va taktikasini o’rgatishda ko’proq yaxlit mashq uslubidan foydalaniladi, chunki harakatlarni bo’laklarga bo’lib yuborish ko’pincha ularning mohiyatini qo’pol ravishda buzishga olib keladi.
Takrorlash me’yorini aniqlashda yangi, koordinatsion jihatdan murak-kab mashqlar yosh futbolchilarda tegishli nerv markazlarining charchashiga sabab bo’lishini hisobga olish lozim. SHuning uchun mazkur bosqichda mashqlarni seriyali takrorlash juda samarali bo’ladi. O’rganuvchilar har birida 8-10 ta takrorlashi bo’lgan 2-3 seriyani bajaradilar. Seriyalar oralig’idagi intervallar dam olish uchun yetarli bo’lishi kerak. Ulardan zarur fikrlarni aytish va mashqni takroriy ko’rsatish uchun ham foydalanish mumkin. Yangi materialni o’rganish keyingi 3-5 ta dars mobaynida davom ettiriladi.
CHuqur o’rganish. Bu bosqich texnik va taktik harakatlarning yanada mustahkamlanishi va o’rganilayotgan harakat detallarining chuqurroq aniqlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Usul yoki harakatni o’zlashtirib olish jarayonida dastlabki ko’nikmalar takomillashadi, texnik usullar ham, taktik harakatlar ham to’g’ri, aniq, bemalol bajarila boshlanadi.
CHuqur o’rganish bosqichini shug’ullanuvchilarning harakat sezgilarini ongli ravishda baholay olishi va joyni idrok qila bilishi o’rgatish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa mufassal so’zlab berish va suhbat, harakatlarni tushuntirish va chuqurroq tahlil qilish, o’z - o’zini tekshirish, hisobot berish va shu kabi og’zaki uslublarni qo’llash imkonini beradi. Bevosita ko’rsatish ko’rsatma qurol-lar: foto va kinomateriallar, plakatlar, rasmlar, sxema va hokazolardan keng foydalanish bilan to’ldiriladi. Harakatning borishi va uning asosiy parametrlari haqida zudlik bilan axborot berishning xilma-xil vositalari keraklicha samara beradi.
Mazkur bosqichda asosan yaxlit mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar qat’iy bir maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak. Bir xilda (bir xil sharoitda, bir maqsadni ko’zda tutuvchi, harakat parametrlari bir xil) bo’lgan takrorlashlar soni kamayadi. O’zgaruvchan takrorlashlar soni ancha oshiri-ladi. Mashq o’rganilayotgan vaziyat sharoitlari almashtiriladi va murakkab-lashtiriladi. Mashqni bajarish vazifalari o’zgartiriladi. Bu hol harakat formalari va xarakterining, ularning fazoviy vaqt va kuch xarakte-ristikalarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. O’rganilayotgan harakatlarni maksimal tezlik va kuch -g’ayratga yaqin tezlik va kuch-g’ayrat bilan bajarishga urinib ko’riladi. Bunda texnik va taktik harakatlar bajarilish vaqtida buzilmasligi, mo’ljallangan aniqlik esa yo’l qo’yilgan chegarada bo’lishi muhimdir. Bir qolipdagi o’zgaruvchan takrorlashlar nisbati taxminan 30 va 70% ni tashkil etadi.
Harakat amallarining ko’p variantlarda bajarilishi turli xil analizator tizimlarining faoliyatiga oshirilgan talablar qo’yadi va bajarilayotgan harakatlar to’g’risida aniq tasavvurlarning hosil bo’lishiga yordam beradi.
Bir darsdagi takrorlashlar soni oshiriladi. O’rganilayotgan harakat 10-12 daqiqa davomida takrorlanadi, shundan so’ng 3,5-5 daqiqa boshqa mashqlar bajariladi. O’yin mashqlarini boshqa mashq tarzida qo’llash ancha samarali-dir. So’ngra yana o’shancha vaqt davomida harakatni ko’p marta takrorlash lozim.