Mavzu- Futbol bo’yicha darsdan tashkari jismoniy tarbiya ishlarini olib borish.
Mundarija.
KIRISH.--------------------------- 2-4
1. Futbol o’yining tavsifi va tashkiliy tuzilishi.---5-8
2.Futbol bilan shug’ullanuvchilar organizmini hususiyatlari.—8-15
3.Darsdan keyin futbol to’garaklarida o’kuv mashg’ulotlarni rejalashtirish.-------------------------------15-29
4.Trenirovka jarayonida jismoniy tayyorgarlik ishlari.---29-54
5.Xullosa.---------------54-60
6.Foydalanilgan adabietlar.---------------60
KIRISH
Futbol yoshlar orasida keng tarqalgan bo’lib, bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Futbol ommoviy sport turi bo’lgani uchun maktab dasturiga alohida bo’limsifatida kiritildi.
O’zbekiston futbol federatsiyasi (O’FF) jamoatchilik tashkiloti sifatida mamlakatda futbolni rivojlanishi uchun to’liq javobgar hisob-lanib, unga mamlakatda bolalar va o’smirlar futbolini ommaviylashtirish, futbolchi, murabbiy va hakamlarning professional darajasi va mahoratini oshirish, musobaqalar tizimini tashkil etish va takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlanishiga ko’maklashish kabi vazifalar yuklatildi.
Bolalar va o’smirlarni futbolga o’rgatishda ular organizmining anatomik va fizologik xususiyatlari hisobga olish muhum ahamiyat kasb etadi. Bolalar tafakkuri va xotirasida 8-10 yoshda muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Ta’lim va tarbiya jarayonida mantiqiy fikr yuritish va abstrakt tafakkur qilish qobiliyati rivojlanadi.
Mashg’ulotlarni rejalashtirganda bolalik yoshida suyak qotish jarayoni hali tugallanmagan bo’lishini hisobga olish kerak. 9-11 yoshlarga kelib, odatda, qo’l barmoqlarining suyagi, bir oz keyinroq, 10-13 yoshlarda bilak va jag’ suyaklari, 14-16 yoshlarda bilak va jag’ suyaklari qotadi. 14-16 yoshlarda epifizar kemirchaklarda, umurtqa pog’onalari orasidagi disklarda suyak qotish zonalari paydo bo’ladi. Tos suyaklari faqat 20-21 yoshlardagina batamom qotadi. O’mrov suyagi, kurak suyagi, yelka va bilak suyaklari 20-25 yoshlarga, oyoq panjalari, oyoq kafti va oyoq tovonining orasidagi suyaklar tegishlicha 15-21 va 17-21 yoshlarga kelib to’liq qotadi.
Ko’p yillik tayyorgarlikning tuzilishi va davomiyligi quyidagi omillarga bog’liq:
–individual va jinsiy hususiyatlari, ularning biologik o’zgarishi va ko’pincha mahorat sur’atining ular bilan bog’liq holda o’sishi;
–shug’ullanishni boshlagan hamda maxsus mashg’ulotlarga kirishgan yoshi;
–yuqori sport natijalarini ta’minlaydigan musoboqa faoliyati va tayyorgarligi tizimi;
– musobaqa jarayonining mazmuni, qo’shimcha omillarning qo’llanishi.
Dostları ilə paylaş: |