–O’yin texnika va taktikasi, maxsus jismoniy sifatlar mashg’uloti;
–O’yinchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ruhiy tayyorgarlik va axloqiy holatni oshirish;
–Mashg’ulotning katta va maksimal shiddatiga ko’nikish;
7-8 hafta
Jamoa rahbari aniqlaydi.
–Ekstremal sharoitda o’yin texnika va taktikasini takomillashtirish;
–Hujum va himoya harakatlari turlarini o’yin sharoitiga moslashtirib mashg’ulot o’tkazish;
–o’yinning standart tizimlarini maromiga yetkazish.
9-10 hafta
Jamoa rahbari aniqlaydi.
–Maxsus o’yin mashg’ulotlarida va o’rtoqlik uchrashuvlarida jamoaviy o’yinni takomillash-tirish;
–Barcha o’yinchilarni yuqori sport formasiga, birinchi o’yinga yuqori tayyorgarlik darajasiga keltirish.
Tayyorgarlik davrining umum tayyorlov bosqichi Futbolchilar tayyorlashni umumiy tayyorgarlik bosqichida asosiy e’tibor futbolchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’rishlariga qaratilgan bo’ladi.
O’quv mashg’ulotining jismoniy tayyorgarlik jarayonini rejalashti-rishda unga umumiy vaqtning 40-45% i ajratiladi. Mashg’ulotlarda kuchni, chidamlilikni, chaqqonlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Buning uchun yengil atletika, akrobatika, suzish, sport o’yinlari vosita-laridan foydalaniladi. Mashg’ulotlarni ham sport zallarida, ham ochiq havoda o’tkazish rejalashtiriladi.
Texnik tayyorgarlik umumtayyorlov bosqichida ikkinchi o’rinda turadi. Unga umumiy vaqtning 35-40% i ajratiladi.
Futbolchilar tayyorlashni bu bosqichda taktik tayyorgarlikka umumiy vaqtning 20-25% i ajratiladi. Ularning asosiy yo’nalishi umumiy o’yin ko’nikmalarini tiklash, individual va guruhli taktik harakatlar ko’nik-malarini egallash va takomillashtirish.
Futbolchilarni ruhiy tayyorlashda tayyorgarlikning barcha bosqichlarida katta ahamiyat beriladi. Haftalik tsiklda mashg’ulotlarning taxminiy taqsimlanishi 2-jadvalda keltirilgan.