Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини
Uchinchi (12-13 yosh) va to’rtinchi (13-14 yosh) yil o’qiyotgan o’quv- mashg’ulot guruhlarining vazifalari:
Sog’liqni mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlikni har tomonlama takomillashtirish: tezkorlik-kuch, chaqqonlik va umumiy chidamlilik sifat-larini rivojlantirish; o’yin texnikasi usullarining barcha arsenallarini egallash; individual va guruhli o’yin taktikasini takomillashtirish; jamoa taktikasi asoslarini egallash; taktik fikrlashni rivojlantirish; futbol musobaqalarida qatnashish; hakamlikning oddiy ko’nikmalarini tarbiyalash; jismoniy mashqlar uslubiyati, jamoa chiziqlarida o’yinchilarning vazifa-lari to’g’risidagi boshlang’ich nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish, o’yin olib borishning taktik sxemasi bilan tanishish.
Beshinchi (14-15 yosh) va oltinchi (15-16 yosh) yil o’qiyotgan o’quv-mashg’ulot guruhining vazifalari:
jFutbolchilarninig jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish, kuch, tezlik, umumiy va maxsus chidamlilik sifatlarini rivojlantirish, o’yinni texnik usullarini takomillashtirish; cheklangan vaqt va bo’shliq sharoitida texnik usullarni yuqori darajada bajarishga erishish; individual, guruhli va jamoaviy o’yin taktikasini takomillashtirish, «standart» holatlarni o’rganish, murakkab o’yin sharoitida taktik fikrlashni rivojlantirishni davom ettirish; futbolchilarning sport mashg’uloti uslubiyatidagi asosiy holatlarini o’zlashtirish; hakamlik ko’nikmalarini egallash; mustaqil mashg’ulotlar ko’nikmalarini takomillashtirish.
Sport-takomillashtirish guruhlari (16-17) va (17-18 yosh):
Individual atletik tayyorgarlikni maxsus chidamlilik va tezkorlik-kuch sifatlariga urg’u bergan holda rivojlantirish; o’yinning texnik usul-larini takomillashtirish – texnik usullar hajmini oshirishga alohida e’tibor bergan holda ularni tez, samarali bajarish. Himoya va hujumda individual taktik harakatlarni rivojlantirish; ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirish; musobaqalarda ishtirok etish, sport formasini egallash, yuqori malakali jamoalar o’yinlari orqali tajriba orttirish; nazariy bilimlarni, ayniqsa, sport mashg’uloti va hakamlik uslubiyatini chuqur egallash, futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazishda, natijalarga erishishda qat’iyat va maqsad sari intilishni tarbiyalash.
Sport maktablarida o’quv-mashg’ulot jarayonining asosiy shakllari: nazariy va guruhli amaliy mashg’ulotlar, individual reja bo’yicha mashg’u-lotlar, taqvim musobaqalari, o’quv va o’rtoqlik o’yinlari, sport-sog’lomlash-tirish oromgohlari va o’quv-mashg’ulot yig’inlari hisoblanadi.
O’quv-mashg’ulot jarayonini rejalashtirish
Yosh futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish samarali boshqarish-ning zarur shartidir. U yakuniy maqsadga erishishga, ya’ni zamon talablariga javob beradigan o’yinchini tayyorlashga yordam beradi.
Futbolchilarni tayyorlashda rejalashtirish uchga bo’linadi: istiqbolli, bir yillik, tezkor (operativ).
Turli yoshdagi guruhlarda mashg’ulotlar o’tkazishning xususiyatlari.
SHug’ullanuvchilarni tayyorlash ularning yoshini, anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Mashg’ulotlarda 8-11 yoshli bolalarning funktsional imkoniyatlari nisbatan pastligini hisobga olib, shug’ullanuvchilarga o’zgacha e’tibor bilan yondashish kerak. Ularga to’p bilan muomala qilish texnikasi va o’yin taktikasini o’rgatishda shu yoshga mos mashqlar yordamida mashg’ulot o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg’ulotda ikkita yoki uchta texnik usulni o’rgatish mumkin. Ikki taraflama o’yinni qabul qilingan me’yorlarga qarab va katta maydonda o’tkazish shart emas. 11x11 jamoaviy o’yin sharoitida taktik harakatlarni egallash ularga birmuncha qiyinchilik tug’diradi.
Bu yoshdagi bolalarga individual va taktik harakatlarni 3x3, 4x4, 5x5 kabi chegaralangan tarkibda kichik maydonchalarda (30-50 m va 20-30 m) ikki taraflama o’yin va o’yin mashqlari orqali egallash oson bo’ladi.