4.DARSDAN KEYINGI FUTBOL TUGARAKLARIDA O’QUV - MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH.
Futbolchilar mahorat darajasini oshirish to’g’ridan–to’g’ri bolalarni ilk yoshlik chog’idan boshlab futbol o’yiniga rejali va malakali ravishda ommaviy o’rgatishga bog’liq. Faqatgina bola organizmi tizimlarining yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarining hisobga olgan holda o’yin sirlarini o’rgatish va shug’ullantirishning eng samarali uslubiyotini qo’llash natija-sidagina yuqori darajadagi futbolchilar tayyorlash vazifasini to’liq hal etish mumkin.
Futbol tugaraklarida o’quv - mashg’ulotlarini rejalashtirish tizimida qo’yidagi turlarni ajratish maqsadga muvofiqdir:
–ko’p yillik tayyorgarligi;
– o’rta va kichik tsikllarni (mikrotsikllarni) o’ziga qamrab oladigan bir yillik tayyorgarlik.
Yosh futbolchilarni ko’p yillik tayyorgarligining tuzilishi va davomiy-ligi quyidagi omillarga bog’liq:
– individual va jinsiy hususiyatlari, ularning biologik o’zgarishi va ko’pincha mahorat sur’atining ular bilan bog’liq holda o’sishi;
– shug’ullanishni boshlagan hamda maxsus mashg’ulotlarga kirishgan yoshi;
– yuqori sport natijalarini ta’minlaydigan musobaqa faoliyati va tayyorgarligi tizimi;
– musobaqa jarayonining mazmuni, qo’shimcha omillarning qo’llanishi (maxsus ovqatlanish, trenajerlar).
O’quv-mashg’ulot ishlarini rejalashtirishda jamoa oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar, oldingi rejalarni bajarish natijalari va jamoaning ishlash sharoitini hisobga olish zarurdir. Rejada aniq maqsad va vazifa-larni yorituvchi istiqbolli (perspektiv) mashg’ulot kontseptsiyasi ko’rsati-lishi kerak.
Futbolchilarni tayyorlashda o’quv-mashg’ulot ishlarini tashkil qilish
Futbol tugaraklarida o’quv-mashg’ulot jarayonini tashkil qilish mashg’u-lotning zamonaviy uslubiyati asosida, yosh futbolchilarning yuqori mashg’u-lot yuklamalarini o’zlashtirishi orqali amalga oshiriladi.
Futbol tugaraklariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
– Dasturni; amaliy va nazariy mashg’ulotlarni uzluksiz bajarish; yosh futbolchilarni tanlash tizimini yaxshi tashkil qilish;
– musobaqalarda muntazam ishtirok etish; tiklanish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; yo’riqchi va hakamlik amaliyotini o’tash;
Sport maktablaridagi bo’limlar boshlang’ich tayyorlov va o’quv-mashg’ulot guruhlaridan shakllanadi. Sport tayyorgarligida yuqori natijalarga erishilgan va zarur sharoitlar yaratilgan BO’SMlarda sportni takomillash-tirish guruhlari tashkil qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi bolalar va o’smirlar sport maktablari quyidagi yoshlarni hisobga olib shakllanadi:
8-9, 10-11, 12-13, 16-17 yosh.
Boshlang’ich tayyorgarlik guruhlari:
Futbol bo’yicha BO’SM dasturidagi umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’limi asosida shug’ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgar-ligini ta’minlash, futbol bilan muntazam shug’ullanishga qiziqtirish, o’quv-mashg’ulot guruhlarida sport mahoratini takomillashtirish uchun iqtidorli bolalar va o’smirlarni aniqlash lozim bo’ladi.
Ushbu guruhlarda yosh futbolchilar o’yin texnikasini o’rganishadi, taktika va o’yin qoidalarini, mashg’ulot jarayonining gigienik tomondan ta’minlanishi haqida nazariy ma’lumotlar olishadi.
Birinchi (10-11 yosh) va ikkinchi (11-12 yosh) yil o’qiyotgan o’quv-mashg’ulot guruhlari shug’ullanuvchilarining vazifalari:
Sog’liqni mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tezkorlik, chaqqonlik va harakat koordinatsiyasini rivojlantirish; texnik usullarni egallash, o’yinning individual, guruhli va jamoaviy taktikasi asoslarini o’rganish; futbol qoidalari asosida o’yin jarayonini o’zlashtirish, futbol musobaqalarida qatnashish; shifokor nazorati, shaxsiy gigiena, futbol tarixi, texnika va taktika, futbol o’yini qoidalari to’g’risidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishish.
Dostları ilə paylaş: |