Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə4/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

3. Futbol bilan shug’ullanuvchilar organizmini hususiyatlari.
Bola organizmining funktsiyalarining rivojlanishida markaziy nerv tizimi va, avvalo, uning oliy bo’lagi bosh miya po’stlog’i yetakchi rol o’ynaydi. Jinsiy yetilish davriga kelib, nerv tizimining anatomik rivojlanishi deyarli batamom tugallanadi. Miyadagi harakat analizatori yadrosining yetilish jarayoni 12-13 yoshlarga kelib tugallanadi.

Bolalarning xulq - atvori, psixikasida katta yarim sharlar funktsiya-larining qaytadan qurilishi o’z aksini topadi. O’smirlik yoshida bolalar-ning umumiy psixik qiyofasi ayniqsa tez o’zgaradi. Bolada o’z - o’zini namoyon qila borish jarayoni boshlanadi. O’smirlarda ma’lum bir faoliyat turida o’z kuchini sinab ko’rish, biror bir natijaga erishish ishtiyoqi paydo bo’ladi. Ular turli-tuman narsalarga qiziqa boshlaydi, lekin bu qiziqishlar hali yetarlicha barqaror bo’lmaydi.

Bolalar tafakkuri va xotirasida 8-10 yoshda muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Ta’lim va tarbiya jarayonida mantiqiy fikr yuritish va abstrakt tafakkur qilish qobiliyati rivojlanadi. O’rganilayotgan harakatlarga tanqidiy yondashish paydo bo’ladi. Xotira ishidagi o’zgarishlar shunda ifodalanadiki, esga olish ancha kichik yoshda bo’lganidek konkret hodisalardan umumiy xulosalar chiqarishga qarab bormaydi, balki umumiy tasavvurlardan borliqdagi konkret hodisalarning ayrim detallarini xotirada tiklashga qarab boradi. SHuning uchun bu yoshda futbol texnikasini o’rganishni (texnikani bajarish detallariga alohida e’tibor bergan holda) yaxlit uslub asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.

Harakatlarni eslab qolish qobiliyati yosh oshib borgan sari ham miqdor, ham sifat jihatidan o’zgaradi, eslab qolish qobiliyati 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davrda tez o’sib boradi. Bu davrda erkin harakatlar koordinatsiyasi ancha yaxshilanib, harakatlarga avvalgiga qaraganda kam kuch sarflanadi va ular tobora harakatlarni aniq va tez bajariladigan bo’lib boradi. 9-10 yoshli bolalar futbol o’yinining eng oddiy usullarini nisbatan oson o’zlashtirib oladilar, shu bilan birga, kattaroq yoshda ularni yanada takomillashtirish ishi ancha muvaffaqiyatli bo’ladi. 13-14 yoshli o’smirlarda koordinatsiya bo’yicha murakkab harakatlarni o’rganishda pubertat davrining tormozlovchi ta’siri sezilarlidir. Bolalar bilan ishlovchi murabbiy va pedagoglar shuni hisobga olishlari kerakki, bolalar futbol bilan qancha erta shug’ullana boshlasa, ularda shug’ullanuvchilar imkoniyatlariga mos bo’lgan harakat ko’nikmalari shunchalik tez va oson hosil qilinadi.

Bola yoshligidan sport bilan shug’ullansa organizmning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikki xil namoyon bo’ladi: morfologik o’zgarishlarda antropometrik belgilar tez o’sa, funktsional o’zgarishlarda ishchanlik qobiliyati o’sadi.

Suyak tizimi rivojlanishiga jismoniy mashqlarning ta’siri ayniqsa sezilarlidir. Masalan, juda ko’p tadqiqotlar bolalar umurtqa pog’onasi-ning juda ham qayishqoqligi va uzoq vaqt zo’riqish natijasida noto’g’ri holatda bo’lishi tufayli qiyshayib qolishi mumkinligidan dalolat beradi. 8-9 yoshli bolalarning umurtqa pog’onasi juda ham harakatchan bo’ladi. Bolalarda bo’yin va ko’krak qafasi bukiklari maktab yoshiga kelib qotadi. Bel bukiklari esa faqat balog’at yoshiga yetish davriga kelib to’liq qotadi. Umurtqa pog’onasining qiyshayishi tufayli kuzatiladigan qaddi – qomat-dagi buzilishning ko’pchiligi 11-15 yoshlarda ro’y beradi. Bu yoshda umurtqa pog’onasining to’g’ri rivojlanishi uchun umurtqa mushaklarini mustahkam-lashga yordam beruvchi mashqlar bajarishni topshirish juda muhimdir.

Suyak qotish jarayoni bolalik yoshida hali tugallanmagan bo’lishini hisobga olish kerak. 9-11 yoshlarga kelib, odatda, qo’l barmoqlarining suyagi, bir oz keyinroq, 10-13 yoshlarda bilak va jag’ suyaklari, 14-16 yoshlarda bilak va jag’ suyaklari qotadi. 14-16 yoshlarda epifizar kemirchaklarda, umurtqa pog’onalari orasidagi disklarda suyak qotish zonalari paydo bo’ladi. Tos suyaklari faqat 20-21 yoshlardagina batamom qotadi. O’mrov suyagi, kurak suyagi, yelka va bilak suyaklari 20-25 yoshlarga, oyoq panjalari, oyoq kafti va oyoq tovonining orasidagi suyaklar tegishlicha 15-21 va 17-21 yoshlarga kelib to’liq qotadi.

Gavdaning o’sish sur’atini yuqori bo’lishi va gavda og’irligining ortishi o’smirlik yoshida qayd qilinadi. Gavdaning bo’yiga qarab o’sishi o’smirlarda asosan 17-18 yoshlarda tugallanadi. SHuning uchun katta baland-likdan sakrab tushayotganda qattiq depsinish, to’p uchun kurashayotganda yelka bilan yelkani tutish, birdan to’xtash va keskin burilish, o’ng va chap oyoqqa notekis yuklama berish bel va tos suyaklarining qo’shilib ketishiga, ularning noto’g’ri o’sishiga sabab bo’ladi. Oyoqlarga haddan tashqari yuklama berish, agar suyak qotishi jarayoni tugallanmagan bo’lsa, oyoqning taypoq bo’lib qolishiga sabab bo’ladi.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin