Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə3/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

Kurs ishning maqsadi- Futbolchilar tayyorgarlik turlarini optemal rejalashtirish orqali maktablarni futbol tugaragida shug’ulllanuvchilarni jismoniy sifat va fazilatlarini, texnik-taktik tayyorgarligini oshirish.

Kurs ishininig vazifasi - Sportchining ko’p yillik tayyorgarligi, o’rta va kichik tsikllarni (mikrotsikllarni) o’ziga qamrab oladigan bir yillik tayyorgarlik rejalarini tizish, ishlab chiqish, tajriba o’tkazish va uni amaliyotga tadbiq qilish.

2. Futbol o’yining tavsifi va tashkiliy tuzilishi.

Futbol o’yini haqiqiy atletik o’yin hisoblanib u tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va sakrovchanlik kabi xususiyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O’yin davomida futbolchi o’ta yuqori yuklamadgi ishni bajaradi va bu narsa, o’z navbatida, insonning funktsional imkoniyatlari darajasini oshiradi aqliy-irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi.

Mamlakatilizda futbol jismoniy tarbiya vositasi sifatida tarqalgan. Futbol bilan maktab, kollej, institut, ishlab chiqarish tashkilotlari va armiyada shug’ullanishadi.

Futbol jamoaviy kurashning murakkab vaziyatida o’tib har bir jamoa eng yaxshi natijaga erishish uchun barcha bilim va imkoniyatlarini ishga soladi. O’yin negizida o’yinchilari yagona g’alaba maqsadida birlashgan ikki jamoaning kurashi yotadi. Futbol o’yini davomida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy fazilatlarini ko’rsatish imkoniyatiga ega, lekin shu bilan bir qatorda o’yin har bir futbolchining shaxsiy intilishlarining umumiy maqsadga bo’ysunishini talab etadi.

Futbolchi texnik usullarni mukammal darajada bilishi, murakkab o’yin vaziyatlari texnik usullarni qo’llay olishi va jamoaning barcha a’zolari bilan kelishgan holda harakat qilishi lozim.

Futbol bo’yicha mutaxassislarimiz tadqiqotlari bizga o’yinchilarning to’p bilan va to’psiz harakatlarining hajmi va xususiyati haqida ma’lumot olishga imkon berdi.

Aniqlandiki:

o’yinning sof vaqti 60-65 daqiqani tashkil etadi.

90 daqiqa o’yin davomida bir o’yinchi 12-15 km maosfani chopib o’tadi. Bundan 1000-2000 m masofani maydonda tezkorlik bilan harakatlanadi.

to’p o’rta qator o’yinchilari eng ko’p (170 soniya), markaziy himoyachilar eng kam (130 soniya) olib yuradilar.

yaxshi o’ynaydigan jamoalar match davomida o’rtacha 900 tagacha texnik usullarni bajaradilar, shulardan taxminan 60% i hujum harakatlariga yo’naltirilgan bo’ladi.

hozirgi zamon futbolida himoyachilar o’z zonalarida 850 soniya gacha va maydonning o’rta qismida 350 soniya gacha miqdorda o’zlarinin asosiy vazifalarini bajaradilar.

darvozaga urilgan zarbalarning ko’pchiligi yon tomondan oshirib beriladi (hamma zarbalarning 65% i).

Zamonaviy futbol o’zining yuqori darajadagi faol harakatchiligi xamda texnik-taktik harakatlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

1. Zamonaviy futbol o’yin taktikasi quyidagilar bilan ifodalanadi:

maydonning har bir qismida hujumning tez tashkil qilish bilan. Himoyachilar, o’rta qator o’yinchilari, kerak bo’lgan taqdirda hujum qatori o’yinchilari bilan himoya chizig’ini mustahkamlash;

match yaxshi yakunlashida iqtidorli o’yinchilarning rolini oshirish;

yuqori tempdagi o’yinni pauzalar bilan birga olib borish;

o’yinning har bir holatida (o’yinning boshida, uning davomida va hujumni yakunlashda) markaziy himoyachilarning rolini oshirish;

qanotdan hujum uyushtirishda qanot yarim himoyachilari va himoyachilarning rolini oshirish;

standart holatlardan (jarima to’plari, burchakdan to’pni o’yinga kiritish va boshqa standart holatlar) unumli foydalanish.

2. Zamonaviy futbol o’yin texnikasi quyidagilar bilan ifodalanadi:

harakat holatida, yugurib ketayotib to’pni o’ziga bo’ysundira olish;

har xil vaziyatlarda to’pni imkon qadar aniq uzatib berish.

Jismoniy tayyorgarlikda:

maydonning har bir qarich yerida yuqori darajadagi texnika bilan harakatlanish va to’pga egalik qilish, aldamchi harakatlarni qo’llay bilish;

o’yinchilarning o’yin davomida umumiy yugurish xarakatlari quyidagicha taqsimlanadi: 45 martadan 78 gacha (umumiy masofa 1000-2000 metrga yetadi), to’p uchun kurashda sakrash harakatlari, kurashlar – 11 tadan 42 gacha, har xil masofaga tezlik bilan yugurish – 40 tadan 60 tagacha (umumiy vaqti 2-5 daqiqagacha), sekin yugurish 224 tadan 367 gacha (umumiy vaqti 25-35 daqiqa);

tezlik-kuch sifatlari va tezlikka chidamlilikning yuqori darajasi;



raqib bilan kurashda muhim bo’lgan shiddat va qat’iylikning yuqori darajasi;

Keyingi paytda sezilarli darajada futbolchilarning o’yinlardagi harakatlanish tezligi oshdi, o’yin faoliyatining jadalligi (samaradorlik) oshdi va bular sportchilar organizmiga bo’lgan yuklamani ancha oshirdi.

Har bir o’yin davomida turli quvvatdagi ish yuzaga kelishi mumkin. SHu sababli mashqlar futbolchilarda aerob va anaerob sifatlarning unumdor-ligini yuqori darajaga ko’tarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

O’yin davomida futbolchilar kattagina energiyani (ya’ni bir daqiqada yurak qisqarish chastotasining 180-190 bo’lishi, tana og’irligini 2-3 kg kamayishi va quvvatini 1500 kkal ga) sarf qilishida, futbolchilarning organizmidagi yuqori darajada tayyorgarlikka ega bo’lishini ta’kidlash o’rinlidir.

Futbolchilar sog’ligini mustahkamlashda ularning gigienik talablarga rioya qilishlari va ko’proq toza havoda mashq qilishlari katta ahamiyatga egadir. Futbolchilarning bunday amallarga rioya qilishlari organizmda moddalar almashinuvi yaxshilanishi, tayanch harakat apparatini, muskul, asab tizimlarining mustahkam va sog’lom bo’lishini ta’minlaydi.

O’zbekiston futbol federatsiyasi (O’FF) jamoatchilik tashkiloti sifatida mamlakatda futbolning rivojlanishi uchun to’liq javobgardir. Mamlakatda bolalar va o’smirlar futbolini ommaviylashtirish, futbolchi, murabbiy va hakamlarning professional darajasi va mahoratini oshirish, musobaqalar tizimini tashkil etish va taokmillashtirish, moddiy-texnik bazaning rivojlanishiga ko’maklashish O’zbekiston futbol federatsiyasining asosiy vazifalaridandir. O’zbekiston futbol federatsiyasi O’zbekiston respublikasida futbol rivojiga oid joriy va istiqbolli (perspektiv) rejalar ishlab chiqadi, O’zbekiston terma jamoalarining tayyorgarligini tashkillashtiradi. O’zbekiston futbol federatsiyasi 14 ta hududiy va viloyat futbol federatsiyalarini, 200 dan ortiq usta jamoalari, futbol klublari, sport maktablari, iqtidorlilar va terma jamoa tayyorlash markazlarini birlash-tiradi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va viloyatlar madniyat va sport ishlari boshqarmalari bilan hamkorlik qiladi.

O’zbekiston futbol federatsiyasi nizomiga asoslangan holda hududiy futbol federatsiyalari o’z ish sharoitlariga muvofiq nizom ishlab chiqadi va shu nizom bo’yicha o’z faoliyatini olib boradi.

O’zbekiston futbol federatsiyasining eng yuqori organi anjuman bo’lib, unda 4 yil muddatga prezident saylanadi. Ijroiya qo’mitasi ish organi hisoblanadi. Futbolni rivojlantirish masalalri bo’yicha, qabul qilingan qarorlarning tadbiq etilishini nazorat qilish uchun ijroiya qo’mitaga qo’shimcha bolalar va o’smirlar, o’quv-uslubiy, hakamlar va boshqa qo’mitalar tuziladi.

O’zbekiston futbol federatsiyasi 1994 yil 21 mayda tuzilgan va ayni paytda 200 dan ortiq milliy federatsiyalarni birlashtirib turgan xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) bilan yaqindan hamkorlik olib boradi. Hududiy joylashuv jihatidan O’zbekiston futbol federatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tarkibiga kiradi.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin