Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti


Umumiy tayyorgarlik bosqichining haftalik mikrotsiklida yuklamalarni taxminiy taqsimlanishi



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə10/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

Umumiy tayyorgarlik bosqichining haftalik mikrotsiklida yuklamalarni taxminiy taqsimlanishi.

2-jadval



TSikl kuni

Mashg’ulot davomiyligi

Yuklama tavsifi

Yo’nalishi

Kattaligi

I

1 - 90 daqiqa.

2 - 90 daqiqa.

Harakat sifatini kom-pleks rivojlantirish.

Tezkorlik-kuch sifati-ni rivojlantirish.

O’rtacha

O’rtacha


II

1- 90 daqiqa.
2- 120 daqiqa.

Tezkorlik-kuch sifat-lari rivojlantirish.

Kuch chidamkorligini rivojlantirish.

O’rtacha
Katta

III

1-120 daqiqa.
2- 90 daqiqa.

Kuch chidamkorligini rivojlantirish.

Maxsus chidamkorlik-ni rivojlantirish.

Katta
O’rtacha



IV

1- 90 daqiqa.

2- 90 daqiqa.

Harakat sifatlarini kompleks takomil-lashtirish.

Harakat sifatlarini kompleks takomil-lashtirish.

O’rtacha

O’rtacha

V

1-120 daq.
2-90-120daq.

Maxsus chidamlilikni rivojlantirish.

Umumiy chidamlilikni rivojlantirish.

O’rtacha
Katta

VI

1-120 daq.
2-90-120daq.

Maxsus chidamlilikni rivojlantirish.

Umumiy chidamlilikni rivojlantirish

Katta
O’rtacha

VII



Tiklovchi tadbirlar, dam olish





Tayyorlov davrining maxsus tayyorgarlik bosqichi.

Tayyorlov davri bosqichning asosiy vazifasi maxsus sifatlar va malakalarni futbolga mos ravishda rivojlantirish, sport formasini shakllantirishni yakunlash va o’yinchilarning spetsifik musobaqa ishiga kirishishidir.

Jismoniy tayyorgarlik umumiy vaqtning 25-30% ini tashkil qiladi. U, asosan, umumiy va maxsus shug’ullanganligini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi lozim.

Texnik tayyorgarlikka umumiy vaqtning 35-40% i ajratiladi.

Asosiy e’tibor o’yin holatiga yaqinlashtirilgan sharoitda to’p bilan muomala qilish texnikasini egallash va takomillashtirishga qaratiladi.

Bu bosqichda taktik va o’yin tayyorgarligiga umumiy vaqtning 40-45% i ajratiladi. O’yinchilarning jamoada o’z majburiyatlarini bajarishini hisobga olgan holda individual harakatlarni egallashi va takomillashtiri-shiga e’tibor beriladi. Futbolchilar yangi guruhli va jamoaviy haarkat-larni o’rganishadi, shuningdek, jamoaning tarkibi va alohida o’yinchi-larning vazifalari aniqlanadi.

Futbolchilar tayyorlashni maxsus tayyorgarlik bosqichida mashg’ulotning asosiy shakli bu tematik va kompleks mashg’ulotlardir.

Musobaqa davri

Musoboqa davrining uzunligi 9 oygacha bo’ladi, u shartli ravishda uchta bosqichga bo’linadi: birinchi davra, tanaffus, ikkinchi davra.

Mashg’ulotlar mazmuni futbolchilarning tayyorgarlik darajasi va o’yinlararo tsikllarning uzunligiga bog’liq. Birinchi davraning boshida sport formasiga erishish davom ettiriladi. Nospetsifik mashqlar hajmi kamayadi. Maxsus mashqlarni shunday tanlash kerakki, ular o’yinchining har bir o’yinga yuqori darajadagi tayyorgarligini ta’minlashi lozim.

Sport formasini boshqarishni murakkabligi O’zbekistonda o’quv mashg’ulotlarining yuqori tashqi temperatura sharoitida o’tkazilishidadir.

Bu davrda mashg’ulotlar samarasini oshirish uchun mashg’ulotlarni ertalab va kechqurun o’tkazish mumkin.

Yuqori tashqi temperaturali sharoitda quyidagi kun tartibi 3-jadval orqali tavsiya qilinadi.

3-jadval.




O’yg’onish

7:00

Yengil nonushta

7:15

Ertalabki o’quv mashg’uloti

8:00-9:30

Nonushta

10:00-10:30

Dam olish, tiklovchi tadbirlar

10:30-13:30

Ovqatlanish

13:30-14:00

Dam olish, tiklovchi tadbirlar

14:00-18:30

Ijodiy mashg’ulotlar

18:30-19:30

Kechki o’quv mashg’uloti

19:30-21:00

Kechki ovqat

21:30-22:00

Dam olish, tiklovchi tadbirlar

22:00-23:00

Uyqu

23:00-7:00


Bu davrda jismoniy tayyorgarlik maxsus harakat sifatlarini yanada takomillashtirishga, yugurish texnikasi va tezligini, sakrashlarni, harakat koordinatsiyasini, texnik mahoratni mukammallashtirishga yo’naltiriladi.

Texnik tayyorgarlik esa turli o’yin sharoitlarida oldin o’rganilgan texnik usullarni takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Taktik mashg’ulot taktik fikrlashning yuqori darajasini, o’yinchilar-ning bir-birini tushunishini va turli taktik kombinatsiyalarni o’zlashtir-ishini ta’minlashi lozim.
O’tish davri

Bu davrda katta hajmda va jadallikda bajariladigan sport faoli-yatidan jadalligi va hajmi kamroq yuklamalarga o’tiladi. Asta-sekinlik bilan ixtisosli sport faoliyatidan turli xil jismoniy mashqlarga o’tish amalga oshiriladi. Mashg’ulotlarning davomiyligi, jadalligi, shuningdek, musobaqalarning murakkablik darajasi asta-sekin pasaytirib boriladi. Katta yuklamali mashg’ulotlar rejalashtirilmaydi.

O’tish davrida o’yinchilar murabbiy va shifokorning maslahatiga ko’ra turli xil jismoniy mashqlar bilan shug’ullanadilar. Bu davrning oxiriga kelib jismoniy tayyorgarlikka oid mustaqil mashg’ulotlarni faollashtirish tavsiya etiladi, bunda tayyorlov davrining birinchi bosqichiga tekis o’tish ta’minlanadi.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin