Nkmk kon boshqarmalari to'g'risida ummumiy ma'lumot


Shimoliy kon boshqarmasidagi 3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)



Yüklə 83,92 Kb.
səhifə7/9
tarix26.12.2023
ölçüsü83,92 Kb.
#198571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ki

Shimoliy kon boshqarmasidagi 3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)
3-gidrometallurgiya zavodi – mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida foydalanishga topshirilgan kon-metallurgiya sohasidagi birinchi yirik sanoat obyektidir.
2019-yilda 3-gidrometallurgiya zavodida “Kokpatas” va “Dovgiztov” konlarining sulfidli maʼdanlaridan oltin ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish” investitsion loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida zavod chiqindilarini qayta ishlashga mo‘ljallangan filtrlash, quritish va quydirish bo‘yicha yangi majmua qurilib ishga tushirildi. [4]
Janubiy kon boshqarmasidagi 4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ)
4-gidrometallurgiya zavodi – Navoiy kon-metallurgiya kombinatining zamonaviy korxonalaridan biridir. 2009-yilda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Zarkent qo‘rg‘onida zavod qurilishi boshlandi. Kombinat jamoasining hamjihatlikdagi mehnatlari natijasida, zavod juda qisqa vaqtda, yaʼni, 11 oyda barpo etilib, 2010-yilning avgust oyida ishga tushirildi. [5]
1-GMZ” kon boshqarmasidagi 1-gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ)
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida 1-gidrometallurgiya zavodida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Zavod dastlab uranni qayta ishlash va uran oksidi-chala oksidi ishlab chiqarish uchun qurilgan edi. Yillar davomida bu yerda boyitishning yangi texnologiyalari ishlatib kelindi. Yangi texnologik liniyalar barpo etildi, maʼdan hamda eritmalarni qayta ishlash hajmlari muttasil oshirib borildi. [6]

KON ISHLARI


"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJda ochiq kon ishlari Markaziy, Shimoliy kon boshqarmalari va “1-GMZ” kon boshqarmasidagi ochiq konlarda amalga oshiriladi.
Muruntov” koni
“Muruntov” koni - Markaziy Qizilqumda, Navoiy shahridan 180 km shimolda, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning janubiy etagida joylashgan. Dunyodagi eng yirik kon hisoblanadi. Kon oltin zaxirasi bo‘yicha XX asr moʻjizasi sifatida tan olingan.
Geologik tadqiqotlar natijasida o‘tgan asrning birinchi yarim yilligida hozirgi “Muruntov” koni joylashgan hududda ulkan oltin zahirasi mavjudligi bashorat qilingan. Keyinchalik mashhur o‘zbek geologi Ibrohim Hamroboyev boshchiligida olib borilgan qidiruv ishlarida bu haqiqat ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan. 1965-yilda konni o‘zlashtirishga tamal toshi qo‘yilib, 1967-yil 1-martida birinchi portlatish amalga oshirilgan.
1969-yil 21-iyulda tarixiy voqea – 2-gidrometallurgiya zavodida birinchi marta “Muruntov” konidan qazib olingan maʼdandan 11 kilogramm 820 grammlik sof oltin yombisi olindi.
2010-yilda kombinat mutaxassislarining yuksak salohiyati bilan jahonda yagona va noyob bo‘lgan yiliga 14 mln tonna maʼdanni 285 metr balandlikka olib chiqish imkonini beruvchi, qiyalik burchagi 37 gradus va umumiy uzunligi 1802 metr bo‘lgan tik-qiya konveyeri (KNK-270) foydalanishga topshirilishi kon-metallurgiya tarixida olamshumul yangilik bo‘ldi. Ushbu konveyerning foydalanishga topshirilishi konda rudani transportlarda tashish masofasini 4,5 kilometrga, ko‘tarish balandligini esa 285 metrga qisqartirishga erishildi. Konveyer ishlatilishining iqtisodiy samarasi 101 milliard so‘mni tashkil qildi.
Bugungi kunda konining uzunligi 4,3 kilometr, kengligi 3,2 kilometr, chuqurligi 650 metrni tashkil etadi.
Kondan yiliga o‘rtacha 42 million tonnadan ortiq maʼdan qazib olinmoqda.
Hozirda konda 2,6 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar ishlab kelmoqda.
“Muruntov” koni geologlar tomonidan eng yirik oltin zaxirasiga ega kon sifatida eʼtirof etilib, uning zaxirasi 4,5 ming tonnadan ortiq baholangan.
Konni o‘zlashtirishning V navbati kelgusida kon chuqurligini 1050 metrgacha yetkazish va maʼdan qazib olish hajmini yiliga 50 mln tonnaga yetkazish imkonini beradi.
“Muruntov” koni 2020, 2021-yillarda ketma-ket ikki marotaba xalqaro “Kitco” tahliliy markazi sarhisobiga ko‘ra, oltin qazib olish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli “Forbes” nashri O‘zbekistonda maydoni bo‘yicha dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni – “Muruntov” koni joylashganligi hamda ushbu kon dunyodagi eng yirik oltin zaxirasiga ega bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
1977-yilda “Muruntov” konida markaziy gamma-aktivlashtirilgan tahlil laboratoriyasi ishga tushirildi. Mazkur laboratoriya ishga tushirilganidan boshlab 24 mln dan ortiq namunalar tahlil qilindi.
Konning markaziy gamma-aktivlashtirilgan tahlil laboratoriyasi noyob texnologiyalarga asoslangan. Hozirgi kunda laboratoriyada kuniga bitta tezlatgichda 3,5 mingdan ortiq namuna tahlil qilinmoqda. Laboratoriyada qisqa muddat 17 soniya ichida rudadagi oltin tarkibini aniqlab berish imkoniyati mavjud. Dunyodagi hech bir fizik laboratoriya bu hajmda tahlil o‘tkazish imkoniyatiga ega emas.
Hozirgi vaqtda bu laboratoriya tog‘-kon sanoatida geologik namunalarda oltinni aniqlash oltin yadrolarini faollashtirish usuliga asoslangan dunyodagi yagona amaldagi laboratoriya bo‘lib qolmoqda. [

Yüklə 83,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin