"NKMK" AJda oltin qazib olish Markaziy, Shimoliy, Janubiy kon boshqarmalari va “1-GMZ” kon boshqarmasidagi konlarda amalga oshiriladi.
Qazib olingan tarkibida oltin bo‘lgan ma’dan gidrometallurgiya zavodlarida qayta ishlanadi.
Markaziy kon boshqarmasidagi 2-gidrometallurgiya zavodi (2-GMZ) 2-gidrometallurgiya zavodi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Navoiy kon-metallurgiya kombinatining eng yirik va yetakchi gidrometallurgiya zavodi hisoblanadi. Mazkur korxonada tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan maʼdanni maydalashdan boshlab, undan tayyor mahsulot ajratib olib, oliy sifatli quyma oltin hosil qilishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlar to‘liq amalga oshiriladi.[1] 2-GMZda ishlab chiqarilayotgan kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi. Kombinat oltini London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi (LBMA) tomonidan “Optimal yetkazib berish” maqomiga sazovor bo‘lib, Tokio sanoat tovarlari birjasi tomonidan sertifikatlashtirildi.
Markaziy kon boshqarmasidagi 5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-martida Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi. 2021-yilda “Auminzo-Amantoy” oltin koni negizida yiliga 5 mln tonna sulfidli va oksidli rudani qayta ishlash quvvatiga ega mazkur zavod qurib bitkazildi.[2] Markaziy kon boshqarmasidagi 7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ) 7-gidrometallurgiya zavodi – texnogen chiqindilarni qayta ishlaydigan dunyodagi eng yirik korxona.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 7-GMZda murakkab jarayonlar orqali qayta ishlangan (texnogen) maʼdanlardan mahsulot olish yo‘lga qo‘yildi. Zavodning kombinatning boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farqi shundaki, bu yerda qo‘llanilayotgan texnologiyalar evaziga qayta ishlangan maʼdanni yana qayta ishlab, mahsulot olish imkoniyati mavjud. [3]