8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti:
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik va ta’sis hujjatlariga rioya etishi;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanishi, shu jumladan moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlashi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olishi (siyosiy partiyalar bundan mustasno) va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 47-bandi. nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilishi;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olishi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Qonunning 33-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son) LexUZ sharhi Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risida nizom” (ro‘yxat raqami 3020), Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risida nizom”.