9-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan erdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan erdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi. 10-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalariga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkin.