Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə137/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   318
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar. Aqli zaif bola bilan korrektsion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o’z vaqtida o’tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog’liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus Yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog’chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog’chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o’qitish maxsus bolalar bog’chasidagi kabi maxsus dastur bo’yicha olib boriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korrektsion) maktablarda o’qitiladilar, bu yerda o’qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur bo’yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o’rta ta’lim fanlari (ona tili, o’qish, matematika, geografiYa, tarix, tabiat, fizkulьtura, rasm, musiqa, chizmachilik) bilan birga maxsus korrektsion fanlarni ham o’qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi muhim o’rin egallaydi. Mehnat ta’limi IV sinfdayoq professional xususiYatga ega bo’lib, bolalar o’zlari bajara oladigan kasbni o’zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiYatga ega bo’lib, asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o’zlariga to’g’ri baho berishga o’rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi.
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabiga jaob etilish holati ko’zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning taqdiri, uni o’qitish va tarbiyalash mas’uliYatini ota-onalar o’qituvchi-defektologlar bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda o’qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning borishiga halaqit qilmay sinf faolitida ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning tuShunarsiz bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu holat keyin o’quv materialining mutlaqo tuShunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi,

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin