Tarbiya pedagogikadagi asosiy tuShunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriYani tuShuntirishga turlicha yondaShuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya Shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tuShuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
4-ilova
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol Shaxsni shakllantirish.
Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, Shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tuShuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit Yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniYatga mos etarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
madaniYatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.