Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə206/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   318
«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»
Masala 8. Ota o‘g‘lining etuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘g‘liga qadah to‘ldirdi. O‘g‘lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab, unga qadaq uzatdi. Bu voqeaga oila a’zolari quyidagicha munosabatda bo‘ldilar.
A) Dadasi: o‘g‘lim, muborak yoshing, mustaqil hayotga qadam qo‘yishing bilan tabriklayman! Shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik;
B) Buvisi: Jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma. hech qachon ichmasin – martabasi ulug‘ bo‘ladi.
V) Buvasi: Mayli, dadangning so‘zi erda qolmasin. Do‘stlari oldida uni izza qilma. qadahni urishtirib, bir ho‘plab bera qol;
G) Oyisi: O‘g‘lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmoqchi, - deb o‘g‘li va eriga qarab qo‘ydi.
«Rahbar – eng avvalo inson!»
Masala 9. Nuroniy bir mo‘ysafid nufuzli bir tashkilot rahbarining huzuriga tortinibgina kirib: Assalomu alaykum, o‘g‘lim. Kirsam mumkinmi? – deb murojaat qildi. Rahbar:
A) Va alaykum assalom, keling, deb o‘tirishga taklif qildi va o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘ldi;
B) Assalomu alaykum, bemalol kiravering, deb o‘tirishga joy ko‘rsatdi va ishini bir daqiqaga yig‘ishtirib, mo‘ysafiddan hol-ahvol so‘rab bo‘lgach, kelishining maqsadi bilan qiziqdi va masalaning murakkabligiga qarab ish tutdi;
V) Ishdan bir zumgina ko‘z uzib, bosh irg‘ab salomlashdi va imo-ishora bilan o‘tirishga joy ko‘rsatdi. So‘ngra ishini davom ettirgan holda chol bilan kelishining maqsadi haqida gaplasha boshladi.
«Aql yoshda emas – boshda!»
Masala 10. YAngi kelin bo‘lib tushgan Zarifaxonning tug‘ilgan kuni. Bu xonadonda hech kimning tug‘ilgan kuni qutlovsiz qolgan emas. Ishdan vaqtli qaytgan Anvarjon qo‘lida gul, bir kiyimlik atlas va bir quti konfet bilan xursand holatda uyga kirib keldi. Unga peshvoz chiqqan suyukli yori Zarifani qutlug‘ ayyomi bilan tabrikladi.
Shu kuni ertalab uyga Anvarjonning turmushga chiqqan singlisi ham kelgan bo‘lib, u oyisi bilan oshxonada gaplashib o‘tirardi. Singlisining tug‘ilgan kunida Anvarjon xizmat safarida bo‘lgan, safardan Yaqinda kelgan va Shu sababli uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklay olmagan edi.
Anvarjonning singlisi va onasiga be’etiborligidan ularning kayfiYati tushib ketganligini ko‘rgan Zarifaxon qanday oqilona yo‘l tutsa, millatimizda asrlar davomida tarkib topgan oilaviy munosabatlarning muqaddas qonun-qoidalariga muvofiq ish ko‘rgan va o‘zining aqliy va ma’naviy barkamolligini namoyon qilgan bo‘ladi?
A) qayinsinglisini gul bilan tabriklab, qolgan sovg‘alarni o‘zida qoldirsa;
B) qayinsinglisiga atlas kiyimlikni berib, gul va konfetni o‘ziga qoldirsa;
V) bu oilada hech kim tug‘ilgan kunida qutlovsiz qolmaganligini anglagan Zarifaxon chopib uyiga kirib ketadi va sepidan bir kiyimlik qayinsinglisiga munosib kiyimlik olib chiqadi. Feruzaxon, biz Sizga mana bu sovg‘ani olib qo‘ygan edik. Ammo akangiz xizmat safarida bo‘lgani uchun sizlarnikiga bora olmadik. YAxshi bugun o‘zingiz kelib qoldingiz. Kech bo‘lsaYam ayyomingiz bilan tabriklaymiz, - deb yuzlaridan o‘pib qo‘Yadi va sovg‘ani beradi. Gulni vazaga solib, stolga qo‘Yadi. Konfetni qaynonasiga uzatib: oyijon, o‘zingiz tabarruk qo‘llaringiz bilan bizga konfet ulashing, sizga o‘xshab piru - badavlat bo‘lib yuraylik, - deb erkalanadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin