Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Tejamkorlik boylikka boylik qo‘shadi!»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə208/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   318
«Tejamkorlik boylikka boylik qo‘shadi!»
Masala 13. Avaz maktabda futbol o‘ynayotganida uning ketasi biroz yirtildi. Keyingi hafta darslarga tayyorlanayotib, ketasining yirtig‘ligi esiga tushgan Avaz Yangi keta olib berishlarini aytib harxasha qila boshladi. Avazga ketani Yaqinda olib berishgan bo‘lib, u hali Yap-Yangi edi.
Oiladagilar qanday yo‘l tutishlari kerak?
A) Onasi: ketang yirtilgan bo‘lsa, men nima qilay? Bor, dadangga ayt Yangisini olib bersin;
B) Dadasi: hamma narsaga men balogardon. Bir-ikki gall jismoniy tarbiyangga bormasang bormabsan. Vaqtim bo‘lganda Yangisini olib beraman;
V) Buvasi: qani, bolam, menga ketangni ko‘rsatchi. ha, sal yirtilgan ekan-ku. YAngisini nima qilasan. Menga ip, igna, ko‘zoynagimni ham olib kelgin, hozir buni boplaymiz, deb nabirasi bilan birga ketasini tikishdi.
«Baxt mol-dunyoda emas!»
Masala 14. Gapdan gap chiqib, qayinona-kelin aytishib qolishdi. qayinona: «O‘g‘lim uchun men sizni kelin qilib yuribman. O‘g‘limga ichim achiydi. Agar menga qolsa, sizni bir kun ham unga xotin qildirmas edim. Ota-onangiz past odamlar ekan – na bir arzigulik tilla narsalaringiz bor, na bir mebelni Yaxshi qilishmagan, qilgan sarupolari bir tiyinga qimmat», - deb kelinga ta’na toshini yog‘dirdi. Bundan dili vayron bo‘lgan kelin kechqurun ishdan qaytgan eriga bor gapni ochib soldi. Oilada noxush holat paydo bo‘ldi.
Oila a’zolarining bunda bildirgan quyidagi munosabatlarini tahlil qiling:
A) Eri: «Nega hafa bo‘lasan, oyim bor gapni aytibdi. Onang menga ham Yalchitib kiyim qilmagan-ku», - deb battar xotinining dilini xufton qildi;
B) qayinota xotini va o‘g‘liga: «O‘zlaring nimani qoyil qilib qo‘yibsizlar. Kelinni yo oilamiz baxtli bo‘lsin, o‘zidan-o‘zi ko‘paysin, avlodimiz davom etsin, qariganda huzur-halovatini ko‘raylik, deb oldikmi yo uning moli uchun oldikmi? Birovning aziz bolasini o‘rtaga olib, nega uni hafa qilasizlar? qo‘lidan kelgan xizmatini qilib yuribdi. Ikkalangning ham hurmatini joyga qo‘ysa, o‘zi oydek bo‘lsa, aqli-hushi joyida bo‘lsa. YAna nima kerak senlarga. Mol-dunyo hech qachon insonga do‘st bo‘lgan emas. Tinchlik-omonlik, mehr-oqibat bo‘lsa, hamma narsa bitadi. Peshonasiga bersin. Sizlarni Shunchalik pastkashlikka borasizlar deb o‘ylamagan edim. Bundan buyon bunday noma’qulchilikni ko‘rmay».

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin