Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Pedagogika fanining tushunchalari (kategoriyasi)



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə5/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318
Pedagogika fanining tushunchalari (kategoriyasi)

Har bir fanning mazmun va mohiyatdan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishda xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi shuningdek pedagogika faning ham asosiy kategoriYalari mavjud.


KategoriYa – (YUnoncha: kategoriya – «ko‘rsatma» «dadil» «tushuncha») Pedagogik jarayonlar xususiyatlarini mohiyat mazmunini Shaxs va jamiyat Shaxs va guruh Shaxs va jamoa o‘rtasidagi ta’lim va tarbiya. Manaviy marifiy axloqiy istetik iqtisodiy ekologik va h.k. munosabatlarini aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining rivojlanishi va jamiyat tarbiya asosida paydo bo‘ladi. Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqealarni o‘rganadi.
Shulardan biri va asosida «pedagogika» atamasidir («Pein» - bola va «agogin» - etaklamok degan manoni bildiruvchi yunoncha «paydogosni» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Buning izohi quyidagicha: eramizdan oldingi III–I asrlarda qadimgi Yunonistonda quldorlarni bolasini ovqatlantiradigan, sayrga olib boradigan, tabiat quynida o‘ynatuvchi tarbiyachi – qullarni pedagog» deb atashgan. Bugungi kunda kelib pedagog so‘zi keng qamrovli yangicha kasb ma’no etgan.
Pedagogikaning Yana bir tugunchalardan biri «Didaktika» so‘zidir. Kadimgi yunonistonda quldorlarning bolasiga maktabga ta’lim beruvchi didaskal deb atashgan didaktika – yunoncha didaktikos so‘zidan olingan bo‘lib o‘qitish o‘rgatish bilim berish ma’nolarini anglatadi pedagogika fanining didaktika – ta’lim nazariyasi qismi xuddi shu qadimiy va yunoncha o‘qitovchi nomi bilan atalishi bejiz emas.
Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan o‘qituvchi o‘rnida didastal o‘quvchiga nisbatan didaskali atamalarini ashlatishgan. Ammo didaktiko termining o‘zining dastlabki ma’nosida ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas, shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini ham o‘z ichiga qamrab olgan.
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim», «tarbiya», «ma’lumot», «Shaxs», «rivojlanish», «shakllanish» so‘zlari ishlatiladi (7-chizma). Bu so‘zlar o‘zaro boglangan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Ular pedagogikaning asosiy kategoriYa-tushunchalari deb ataladi.

Bulardan tashqari «o‘quvchi», «o‘qituvchi», «pedagogik jarayon», «ta’lim jarayoni», «tarbiya jarayoni», «ta’lim-tarbiya mazmuni», «ta’lim-tarbiya metodlari», «ta’lim-tarbiya qoidalari», «tashkiliy shakllari» kabi tushunchalar ham ishlatiladi.


Tarbiya muayyahi maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyachi va tarbiyanuvchi o‘rtasidagi qo‘sholoq jaryon bo‘lib, bunda tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyanuvchilar onggiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga tizimning tasir ko‘rsatadi. Tarbiya bola tugilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu tufay tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlardan ta’lim malumot jarayonlariga kiradigan ishlarining mazmunini ham anglatadi. Tarbiya ta’lim malumot natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Ta’lim – maxsus tayorlangan kishilar rahbarligada o‘tkaziladigan o‘quvchilarni bilim va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashlarini tartib topgan jarayondir agar tarbiya bola tugilganidan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllansa, komol topsa, ta’lim chegaralgan holda, masalalar sinf xonasi labarotiYa kabinetlari) tashkil etilgan o‘qituvchi rahbariga mauyyan barigida muayyahi belgilangan vaqtda olib borilgan.
Malumot - ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta’lim-tarbiya va malumot uyG‘unlashgan yagona javob bo‘lib o‘qituvchi tarbiyachi ularning shakllanishida etakchi qiladi. O‘qituvchi dars berar ekan o‘quvchilarni fan Yangiliklardan xabardor etadi, Ayni paytda ularda insoniy fazilatlarni shakllantiradi., tarbiyalaydi mustaqil fikrlashgan o‘rgatadi.
Shaxs- «odamning jamiyat a’zosi sifatida, o‘z-o‘zini anglash va tafakkurni, faoliyatning ob’ektivligini, muloqat hamda biluvchanlikni tashuvchanligidir». Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan muayyahi jamiyatning a’zosi tushuniladi. Shaxs avvalo o‘zining qadr-qiymati va kamchiliklari bilan jamiyat hayotida faol qatnashganligi hamda ta’lim-tarbiya natijasida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlari bilan paydo bo‘lgan individdir.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib bo‘lib tuG‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi suyak va tizimning tanosil azolarining nerv funksional faoliyatining kamol topishi aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Shaxsning har tomonlama kamolga etishi – ma’lum bir real tarixiy shart-sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan qobiliyatlar va iqtidorlarning, uning mohiyatni tashkil etadigan hamma kuchlarning to‘liq va batomom rivojlanishidir.
Pedagogik faoliyat – estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarda muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o‘ylab ko‘rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo‘lgan mehnatining o‘ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyati tasirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmuni boyitiladi tarbiyachining yo‘naltiruvchi va olib beruvchi taraqqiy ettirishidir.
Pedagogik muloqat – o‘quv-tarbiya davomida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchilar bilan kasbiy muloqati hisoblanadi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin