Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə7/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   318
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va
pedagogika fanlari tizimi

Har qanday fan ham yakka holda o‘zi mukammallikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek pedagogika fani ham hozirgi kunimiz umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi malumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi malumotlarga asoslanadi o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlangan insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, etika va estetika bilogiya va madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadir. (8-chizmaga qarang)




Har bir o‘qituvchi-tarbiyachi va o‘quvchi o‘z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo‘lishi lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bulmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas.


O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning samarasini bilish uchun o‘qituvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur-fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasini o‘qituvchi chuqur bilishi talab etiladi. Buni yaxshi bilgan o‘qituvchi esa har bir bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bolaga yondashadi va unga samarali ta’sir ko‘rsata oladi. Ma’lum ma’noda o‘qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiYa turkumidagi fanlarni ham pedagogika fanlari tizimida kiritish mumkin.
Falsafa pedagogika fani uchun metadologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan kurollantiradi, ta’lim va tarbiyaning abektiv qonun qoidalari ishlab chiqishga manba bo‘ladi.
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘limii bo‘yicha ma’lumot beradi. Bu fan o‘qituvchining xulqi, odobi me’yorlarini aniqlash, belgilash hamda go‘zallikni chin ma’noda tushuntirish, o‘quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita raG‘bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir.
Fanlarni o‘qitish yo‘llari didaktika aloqadir, chunki har qanday fatnni o‘qitish usuli shu fanning mazmuni tizimini o‘quvchilar tomidan o‘zlashtirish olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigienasi va pediatriya fanlarbilan ham mustahkam aloqada, bu fanlar bir biriga chambarchas bog‘liqdir.
Turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashni nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fani tarmoqlari yoritib beradi. Pedagogikaning quyidagi tarmoqlari mavjud.
Umumiy pedagogika maktab yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish haqida. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi maktabgacha yoshlarni bolalarni tarbiyalash bilan shug‘ullanadi. Madaniy oqarsuv pedagogikasi madaniy marifiy ishlarini boshqarish muommalarini o‘rganadi. Kasb hunar pedagogikasi harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o‘quvchilarini vatanimizning shon sharafi va or nomisi etuk kurashchi harbiy qurol Yaroqlardan samarali foydalana oladigan yoshlarini tarbiyalash yo‘nalishi); oila pedagogikasi maxsus pedagogika oliy gof reno akli zayiflarga, tiflo-ko‘zi ochiz bolalarga surdo- kar-soqov bolalarga tarbiya berish); (metodika 9-chizma).


Pedagogika fanlari tizimining maxsus tarmoqlari 10-chizmada o‘z aksini topgan.


Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan Shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni xal qilishi lozim.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin