3. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Xozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliYa-tini nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
Yakuniy nazorat.
Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning xar bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganlilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yi-cha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituv-chini xar bir o‘quvchining o‘quv faoliyati bo‘yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o‘qitish jarayonini boshqarishda Yaxshi natija beradi, o‘zlash-tirmagan o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi.
Oraliq nazorat - bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyahi bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xusu-siYatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.
Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
YAkuniy nazorat – choraklik, Yarim yillik, yillik va davlat attesta-siYasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. YAkuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
- nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’-minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilar-ning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
- nazoratning guruhli shaklida o‘quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa berila-di va uni Shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchi-lar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z usti-larida ishlab o‘tiradi.
- nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazo-ratning bu shaklida odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
- nazoratning kombinatsiYalangan (biriktirilgan)shakli indivi-dual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash ke-rak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq berila-di va bir vaqtda birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi.
- o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki aks alo-qaning bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezon-larga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilishmetodlari qo‘yida-gilar: og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni baj-arishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.