Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə72/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   318
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholash-ning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyat Shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchi-larga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana Shu tarzda ularning o‘zlashtirish dara-jasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshi-rishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hol-larda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rgani-layotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan Shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin.
YOzma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ular-ning ijodiy qobiliYatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyat Shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tek-shirishi mumkin. YOzma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yor-damida olib boriladi. Ammo o‘qituvi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqa-ning yo‘qligi sabali, uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘rili-gini kuzatish yoki olingan natijalarga taYanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘z-lashtirishini xisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quv-chilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqla-nadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazo-rat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshi-rish katta ahamiYatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchi-larning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foyda-lanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifi-katsiYalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tuShuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin