4. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash me-zonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezon-lari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. CHunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mum-kinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, Shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quv-chilarning o‘zlashtirish darajasiga taYangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishla-ri, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiYa darsidan baholash mezonlariga o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz. Og‘zaki javob berishda «4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘rganilayotgan mavzu yuza-sidan to‘g‘ri javoblar bersa; b) material mantiqiy ketma-ketlik-da aniq bayon etilsa; v)o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiYat-ga ega bo‘lmagan xatolarga yoki ba’zi to‘liq bo‘lmagan javoblarga yo‘l qo‘ysa.
YOzma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, agar: a)masalani echishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; b)topshiriqni bajarish va izoh-lashda muhim ahamiYatga ega bo‘lmagan bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyat ochib berilmagan bo‘lsa.
Amaliy bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, agar: a)ish-ni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, natija chiqara olsa; b)ishni bajarish-da, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘ysa.
YUqoridagilardan kelib chiqib Shunday xulosa chiqarish mumkin:
«5» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘z-lashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotla-rni tuShuntirib bera olsa.