Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Xalq pedagogikasining tarbiya metodlari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə77/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   318
Xalq pedagogikasining tarbiya metodlari
Xalq pedagogikasi chinakam o‘zbekcha axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Unda turli xil tarbiya metodlari va vositalaridan foydalaniladi, bu metod, vositalar nihoYatda rang-barang bo‘lib, ko‘p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. CHunki bu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan juda xima-xil tarbiya metodlari quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. TuShuntirish (o‘rganish, odatlantirish, mashq qildirish).
2. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, Yaxshiliklar haqida so‘zlash, o‘rnak bo‘lish).
3. Nasihat berish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak- istak bildirish, ma’qullash, raxmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).
4. qoralash va jazo (ta’qiqlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uYaltirish, qo‘rqitish, nafratlantirish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).
Agar sinchiklab qaralsa, yuqorida keltirilgan to‘rt xil metod umum bir Yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy manzara tuShuntiriladi. Bolalar narsa va hodisalarga tuShunmaganlarida tarbiyachi namuna metodidan foydalanadi, yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e’tibor beriladi. Unda ham tuShunmaganlar kattalarning nasihati, o‘giti orqali narsa va hodisalarning mohiyatga etadigan bo‘lishadi. Bordi-yu unda ham bolalar tushunishmasa, yoki tushunishni istashmasa, unda qoralash va jazolash metodlaridan foydalanishga to‘g‘ri kelgan. Lekin bu so‘ngi chora ekanligini xalq Yaxshi tuShungan. Hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so‘nggi chora, aniqrog‘i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan.
Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyahi vositalar orqali amalga oshirilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, xasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari) sayllar, turli nishonlashlar (tug‘ilgan kunni nishonlash, yigitlar bazmi, qizlar bazmi), musobaqalar, turli marosim va boshqalar o‘ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajargan.
Inson qalbiga bugun ekilgan Yaxshilik urug‘i oradan o‘n yillar o‘tgach unib chiqadi, buni ilmiy asoslab oldindan ko‘ra bilish kerak.
Tarbiyametodlarini o‘rganish, tahlil qilish, bu metodlardan pedagogik jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish metodlari, o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari hamda rag‘batlantirish usullari, jazolash metodlari.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin