«4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatni bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egal-langan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolari-ni to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
«3» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tuShuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savol-lariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tuShun-chaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
12-Mavzu: : Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari Reja. 1.Tarbiya tushunchasi,tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari. 2.Tarbiya jarayoning o’ziga xos xususiyatlari. 3.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Tarbiya – Shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining Shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya - shaxsda muayyahi jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan hissiyotlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora-tadbirlar yig’indisi23.
Bola o‘qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo‘lib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim.
O‘qituvchi-do‘st, murabbiy, yo‘l boshlovchi bo‘lgandagina o‘quvchilar o‘zlarining ichki olamlarini ochib ko‘rsatadilar.
YUqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar-bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyahi darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar, tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi, xulq-atvori va munosabatlari tizimiga ta’sir ko‘rsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlarini tarbiya usullari, deb ham yuritiladi.
Ta’lim metodlari, o‘qituvchi sinfda birinchi marta sinf xonasini tozalash uchun shanbalik uyushtirmoqda. Bolalarga ish bo‘lib berishdan oldin u lattani qanday qilib xo‘llash, partalarni va polni artish haqida gapirib, ko‘rsatib beradi. O‘qituvchining so‘zi bu erda uslub bo‘lib hisoblanadi. Metod va uslub bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va pedagogik jarayon mohiyatga ko‘ra bir-biriga o‘tib turishi mumkin.
O‘quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig‘ilishi, ertalabki saflanish, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali qo‘llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). YAna o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari ham tarbiya vositasi bo‘lishi mumkin. Kinofil’mlar, san’at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, mehnat, sport, badiiy havaskorlik, ijtimoiy va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchraShuv, o‘qilgan kitoblarni muhokamasini uyushtirishlari lozim.
Tarbiyanatijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq.
Tarbiyachilar ta’sir etishning bola ShaxsiYatiga maqbul metodni, tanlab olishlari, uning Shaxsini o‘zgartirish uchun kerakli sharoit Yaratishlari lozim. Tarbiyametodlari har bir bolaga, bolalalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, tarbiya jarayonida o‘qituvchi Yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual hususiYatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziYat harakterini hisobga olgan holda ta’sir etishning turli-tuman metod, uslub va shakllarini majmuasiga tarbiya usuli deyiladi. Tarbiyaning metodlari, vositalari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o‘zini oqlagan urf-odatlar an’anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi, Shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.