Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə70/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   318
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashhislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (ob’ektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshko-ralik) sanaladi. Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malaka-larni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vosi-talaridan, tashhis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar xamma vaqt mos keli-shini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi Shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilim-larni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘l-gan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashhisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha ji-hatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashhis o‘tkazishga bir butun yondaShuvni talab etadi-ki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vo-sitalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondaShuv tashxisning ayrim metodlari va vositala-rini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchi-larni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashhis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyo-siy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, Shuningdek, baholarni e’lon qi-lish va motivatsiYalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xo-lisligi xaqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashhislash natijalarini e’lon qilish, ularni manfaatdor Shaxslar ishti-rokida muhokama va tahlil qilish, no‘qsonlarni tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish xisoblanadi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin