11-mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish Reja 1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyat.
2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
3. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
4. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash me-zonlari
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyat. Tashxisning mo-hiYati haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondaShuv hamda tashxis-lashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik. Tash-xis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’-lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qara-ladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
YUqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat nati-jalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo‘llari va vositalari, usullari bilan aloqa-dorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bos-qichlarni aniqlaydi.Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiYalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedago-gik texnologiYaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg‘in munozaralar da-vom etmoqda. Avval bo‘lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lo-zimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho nimani ko‘rsatishi lozimli-gi: ta’lim oluvchi o‘zlashtirishning qat’iy belgilovchisi – sifat ko‘rsatki-chi bo‘lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi degan masalada bahslashib kelmoqda.
Ta’limni baholashda ziddiYatli qarashlarning tug‘ilishini buyuk pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi. U pedagoglarni o‘zlari ega bo‘lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluv-chilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo‘lishiga erishish didaktik tizim-larning asosida yotadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo‘lmasligi lozim, Didaktik nazorat o‘qitishning o‘ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo‘nalganlikga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O‘quvchilarning o‘quv meh-natini rag‘batlantirishning Yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya soha-sida kuch to‘plab borayotgan Shaxsiy foyda tamoyili Yangicha yondaShuvlarni belgilab beradi. Tashxislash tizimida baho rag‘batlantirish vositasi sifa-tida bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashxislash natijalari Shaxsning o‘z darajasini belgilashga ko‘maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini Yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (Shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o‘tmishda ko‘plab o‘quvchilar uchun majburiy ta’limning zaruriy vositasidan Shaxsiy reyting – insonning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.