2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hi-sobga olishdir. Bu tuShunchalar o‘ziga xos mohiYat va xususiYatlarga ega. O‘qi-tuvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining sa-maradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallari-ni o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didak-tik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, peda-gog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot oli-nishi xamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash-dir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish qo‘yida ko‘rsatil-gan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, Shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida Yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlash-tirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluv-chilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirish-ning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metod-lari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchi-larning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyahi peda-gogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. YAngi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni tak-rorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklasha-di, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mus-tahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina kutil-gan samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va mala-kalarini Yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tek-shirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va ma-lakalarini Yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning Yaku-niy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baho-larni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim olganlik darajasi (sifati)ni tashxis-lashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va Shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko‘rini-shida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun na-zorat Yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda, sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, Yaxshi, qoni-qarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baho-lovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholarni son sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’rif-lash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashti-rish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B=A/T*100% nisbat asosida hi-soblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100% – axborotni to‘liq o‘zlashtirish va 0% – uning umuman mavjud emasligi o‘rta-sida bo‘ladi. Ma’lumki, baholash funksiYasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – pedagog ixtiyoridagi o‘qishni, ijobiy moti-vatsiYani rag‘batlantirishning va Shaxsga ta’sir ko‘rsatishning Yagona vosita-si. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida, o‘quvchilarda adekvat o‘z-o‘zi-ni baholash, Shaxsiy muvaffaqiYatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiYati, vazifalarining xilma-xilligi o‘quvchilar o‘quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’-minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab topishni talab etadi.
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyahi bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining key-ingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlash-tirishni hisobga olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shu-ningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora takomillaShuvi natija-sida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishida muhim ahamiYatga ega bo‘lmoq-da.
To‘g‘ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida o‘qituvchi o‘quvchi-larning o‘zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o‘z bilimlarini ta-komillashtirishga intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va ahloqiy rivoj-lanishiga ta’sir etadi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyida-gilarga e’tiborni qaratish lozim:
1) o‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2) har bir Yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risi-da to‘liq xulosa chiqarish;
3) o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga taYanibgina o‘quvchilarning o‘zlash-tirish darajasini baholamaslik;
4) o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tav-sif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qi-tish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.