Nukus innovatsion instituti bajardi: 1-kurs 17/22 grux talabasi


Agrar sektorni rivojlanishi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə3/4
tarix03.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141320
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan

Agrar sektorni rivojlanishi

  • Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar orasida qishloqlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni alohida ta’kidlash o‘rinli. Istiqlol yillarida qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta’minlamasdan, qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamasdan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo‘lmasdi. Mamlakat aholisining 60 foizi qishloqlarda istiqomat qilishi, tug‘ilish ko‘pligi tufayli ish bilan ta’minlash muammolari, qishloq aholisining 50 foizidan ortiki 18 yoshga yetmagan yoshlardan iboratligi, mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi salmog‘i yuqoriligi xususan, agrar sektorning mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mehnat resurslarining 27 foizi qishloqlarga to‘g‘ri kelishi bunga dalildir. Bu borada kishlok xujaligida ishlab chikarish samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlar ko‘rildi, 1991-2003 yillar davomida qishloq xo‘jaligini isloh qilish masalalari bo‘yicha 10 dan ortiq qarorlar qabul qildi. 2003 yilda 3541 ming gektar ekin maydonining 3326 ming gektari yoki 94% shirkat, fermer va dehqon ho‘jaliklari ixtiyorida bo‘lsa, bugungi kunda ular deyarli shundan 992 ming gektari fermer ho‘jaliklari tasarrufiga o‘tdi.
  • Kishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash yosh O‘zbekiston davlati iktisodiy siyosatining muxim yunalishlaridan biri bo‘ldi. 1996—98 yillarda kishlok joylarda 631,0 mingta ish joyi barpo etildi.
  • 1990 yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000 yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming gektarga, 2010 yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga yetgan.

4). Xalqaro maydondagi vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qat’iy nazar, davlatimiz mustaqilligi va suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarimiz farovonligi ishonchli tarzda ta’minlanishi zarur. Mamlakat ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik, innovatsiya va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiy liberallashtirish, bozorni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, ta’lim va ma’rifat, fuqarolar faolligi va inson huquqlari himoyasiga e’tibor – bularning barchasi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga ta’sir etmoqda.Ustuvor yo‘nalishlar haqida fikr bildirilganda, dunyoning turli mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalar nazarda tutiladi. Bunda salmoqli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa salohiyatga ega yetakchi davlatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu tabiiy va mutlaqo adolatlidir.
Ammo, tashqi siyosat qanday asosiy vazifalarni yechim topishi kerakligidan ham kelib chiqish lozim. Ulardan eng muhimi davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli ichki rivojlanishi, islohotlarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligining oshishini ta’minlash, hayot sifatini ko‘tarish uchun qulay tashqi sharoitni yaratish hisoblanadi.Ikkinchi vazifa – O‘zbekiston atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirishdir. Mamlakatimiz joylashgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanishning eng asosiy shartidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari – bizning bevosita qo‘shnilarimiz bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida belgilab berdi.
5). O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992- yil 2martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga qo‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflarni o‘rtaga qo‘ydi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 seentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash- seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z
fikrlarini, takliflarini aytdilar. 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin