Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
рамазон диссертация 05.06.2023

Tadqiqot maqsadi: bo‘lg'usi texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion jarayonga tayyorlash va innovatsion usullarni amaliyotga tatbiq etishning nazariy jihatlarini o'rganish hamda ilmiy-metodik tavsiyalarni yaratish.
Tadqiqot ob'ekti: bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilari uchun innovatsion usulini ishlab chiqish va tadbiq etish.

5
Tadqiqot predmeti: bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash usullarini o'quv jarayonida qo'llash usullarini ishlab chiqish va joriy etish shakllari va vositalari.


Tadqiqot vazifalari:
1. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha falsafiy, ilmiy- nazariy, pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish.
2. Ta’lim jarayonini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyatini yoritish.
3. Ta’lim jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etishning pedagogik asoslari.
4. “Bo‘lg‘usi texnologik ta’lim o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash” mavzusida ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqqan holda amaliyotga tadbiq etish.
Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
1. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini innovatsiyaga tayyorlash mavzusidagi psixologik-pedagogik adabiyotlar, ilmiy, falsafiy, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning ilmiy-pedagogik tahlili.
2. Pedagogik tajribani o'rganish hamda umumlashtirish.
3. Pedagogik kuzatish.
4. Tadqiqot mavzusi bo'yicha suhbatlar o'tkazish.
5. Tadqiqot natijalarini sarhisob qilish.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish xususidagi tadqiqot ishlari tahlili, hukumat qarorlari.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Texnologiya fanlari bo‘yicha ma’ruzalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, shuningdek, g‘oyalar, yondashuvlar va tadqiqot natijalaridan samarali foydalanish, ish tajribasini ommalashtirishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar berishda ularning samaradorligini ta’minlash.
6

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin