Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
рамазон диссертация 05.06.2023

Uchinchi bosqichda tadqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov natijalari tahlili orqali ilmiy farazlarimiz to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, foydalanishga oid usullar takomillashtiriladi, xulosalar umumlashtiriladi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosalar, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, jadvallardan iborat bo‘lib, uning asosiy matni 81 betni tashkil qiladi.

8
I. Bo’lajak texnologiya ta'limi o’qituvchilarini innovatsion jarayonga tayyorlashning o’ziga xos mohiyati


1.1. Yangi ijtimoiy iqtisodiy sharoitda innovatsion faoliyatning ahamiyati

Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohadagi o‘zgarishlar mamlakatimizning intellektual salohiyatini aniqlab beruvchi va rivojlantirishning asosiy vazifasi hisoblangan ta’lim jarayoniga bog‘liq ekanligini sedan chiqarish kerak emas. Shu barobar salohiyatning o‘sishi, yuqori ko'rsatkichda rivojlantirish, jumladan, ta’lim samaradorligining oshirishga, ta'lim jarayonining takomillashuviga o‘z ta’sirini ko'rsatibgina qolmay, mazkur tizimning barcha yo'nalishlarini sezilarli ko'rsatkichda ko'tarilishiga ta’sir etadi. Shu boisdan hozirda ta’limdagi strategik sohalardan biri ta’lim tashkilotlarining innovatsion faoliyati asosiy omil debqaralyapti.


Ta’lim tizimini tubdan o'zgartirishning zarurligini anglash, ta’lim tashkilotlarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilish zarurligi, o‘z-o'zini taklif qilish , mavjud innovatsion jarayonda va eng zaruri yangiliklarni o‘zlashtirish demakdir.
Bunda hozirgi kunda juda muhimligi bilan zarurdir. Sababi, ushbu innovatsion jarayon ta’limni rivojlanish sharti, ya'ni ko‘chma va bevosita ma’noda ham bo'lajak pedagoglar jamoasining o'zaro muloqotini himoyalashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalari oldiga yangiliklarni ishlab chiqib, uni amaliyotga joriy etish bizning vazifamiz hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o'zaro raqobat tushunchasi ularni ta’lim sifati, raqobat qobiliyati kabi tushunchalar kirib kelayapti.
Hozirdagi taʼlim jarayonida ommaviy va anʼanaviy taʼlim oʻrniga faoliyat rivojlanishiga oid innovatsion jarayonlar konsepsiyasi paydo bo'ldi.
Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilikni joriy etish, yangilik demakdir[13].
“Innovatsion ta’lim” - bu odatda o‘quv jarayoniga yangi, ya'ni foydali elementlarni joriy qilish demakdir.
9
Shuningdek, ta’lim jarayonida innovatsiya o‘zgartirish bilvosita aloqada hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarga: maqsadi, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv jarayoniga, metodik ta’minotlar, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash, pedagogik jarayondagi moslik va o‘quv-bilishni tashkil etish, o‘quv dasturi va o‘quv reja, ta'lim oluvchilar faoliyatiga aloqadorligi, tarbiya jarayonlar kiradi.
Yangiliklar ta'lim tizimida turlicha guruhlarga bo'lib o'rganiladi.
Yangiliklarning birinchi tasnifi (guruhi) ta’limdagi pedagogik faoliyatiga bog‘liq. Ushbu holatni tushunishga asoslanib quyidagi guruhlarda ko'rish mumkin:
-ta’limiy mazmun va maqsad;
- vazifalar, usul hamda texnologiyalar, pedagogik jarayonlar metodikasi;
-rahbar kadrlar, pedagog va ta'lim oluvchilar faoliyati;
-ta’lim va tarbiyani tashkil etish vositalari, shakllari.
Ta’lim jarayoni ikkinchi klassifikatsiyasiga (guruh) yangilikni joriy ga asoslanadi. Bu yerda quyidagilarni ajratish mumkin:
-kompleks ko'rinishda, o‘zaro bir-biriga o'zaro bog‘liq;
-bir-birlariga bog‘liq bo‘lmagan bir tomonlamalilik va lokal;
-butun oliy ta'lim tizimni qamrab oluvchi, tizim.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin