Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Vulkanit bog'lovchi
(V) sintetik kauchukka 25 % gacha 
oltingugurt qo‘shib tayyorlanadi. Hosil qilingan massa qorishtiriladi 
va unga abraziv material aralashtiriladi. Vulkanit bogiovchi 
yordamida tayyorlangan jilvirlash asbob (tosh) larining qattiqligi va 
elastikligi yuqori boiadi. Bogiovchining bu xususiyati qalinligi 0,8 
mm gacha va diametri 150 mm gacha boigan jilvirlash toshlari 
tayyorlashga imkon beradi. Bunday dumaloq toshlar katta (75 m/s 
gacha) aylanma tezlikda ishlashi mumkin, zarb yuklanishlariga 
chidamli, nozik jilvirlashda, oicham iga yetkazish hamda jilolashda 
ishlatiladi. Bunday jilvirlash toshlarining asosiy kamchiliklari 
shundaki, ular kam g‘ovak boiadi, bu esa ulaming tez silliqlanib 
olishiga olib boradi, bundan tashqari, ular haroratning ko‘tarilishiga 
uncha bardosh bermaydi, chunki 150-200 °C dayoq bogiovchi 
yumshaydi va abraziv donalari bogiovchiga botib kiradi, bu esa ko‘p 
sovituvchi suyuqlik ishlatishni talab etadi.
201


Bakelit b o g ‘lovchi
(B). Karbol kislotasi bilan formalindan sun’iy 
smola-bakelit tarzida tayyorlanadi. Bakelit bog‘lovchili jilvirlash 
toshlari yetarli darajada puxta va elastik bo‘ladi. Bunday jilvirlash 
toshlari turli-tuman ishlar uchun, shuningdek, qirqib tushirishda va 
shakldor yuzalami jilvirlashda ishlatiladi. Ular sovitish suyuqligisiz 
ham, sovitish suyuqligi ishlatib ham jilvirlashda 75 m/s gacha tezlikda 
ishlashga imkon beradi.
Bakelit bog‘lovchili jilvirlash toshlarining asosiy kamchiligi 
shuki, yuqori haroratda ulaming puxtaligi pasayadi, ishqorli sovitish 
suyuqligi (konsentratsiyasi 1,5 % dan ortiq bo‘lgan eritmalar) ulami 
yemiradi va h.
Shuni aytib o‘tish lozimki, jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv 
material donalarining qattiqligiga emas, balki bog‘lovchi moddaga 
bog‘liqdir. BogMovchi modda yumshoq bo isa, abraziv donalari oson 
ajralib ketadi va jilvirlash asbobi notekis yeyilishi sababli o ‘z shaklini 
yo‘qotadi, natijada unga tez-tez qarab turish kerak bo‘ladi.
Abraziv asbobning qattiqligi zoldir botirish, qum purkash va 
chuqurcha parmalash yo‘li bilan aniqlanadi.
202



Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin